TGViewer
Channel Public Channel
UzFHM

UzFHM

@uzfhm

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali

Instagram sahifamiz: https://instagram.com/uzfhm?igshid=ZDdkNTZiNTM=
Subscribers
4.26K
Photos
5K
Videos
269
Links
1.8K
Recent Posts 4 shown
Post #5523 1.64K
🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar "FIFA ASEAN Cup 2026" final uchrashuvini boshqarib borgan hakamlarimiz taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

"FIFA ASEAN Cup 2026" final uchrashuvi Indoneziya va Tailand terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsni o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi boshqarib bordi.

⚽️ Bosh hakam: Ahrol Risqullayev
⚽️ Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G'iyosov
⚽️ Zaxira hakami: Ibrohim Ismoilov
🖥 VAR hakami: Akobirxo'ja Shukurullayev
🖥 AVAR hakami: Alisher Usmonov
🖥 RAR: Islom Azimov

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5516 1.16K
⚽️ Proliga–2026: 21-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.

O‘zbekiston Proligasining 2026-yilgi mavsumi 21-tur bahslarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari tayinlandi.

📋 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar — yuqoridagi grafikada.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5508 2.49K
⚽️Superliga-2026: 23-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.

Superliganing 23-tur o‘yinlarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari va komissarlar tayinlandi.

🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5504 1.39K
📋 O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Superliga klublari bilan ochiq muloqotni davom ettirmoqda.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rahbariyati tomonidan Superliga klublari bilan ochiq muloqotlar o'tkazilmoqda. Navbatdagi uchrashuvlar "Qizilqum" jamoasi bilan tashkil etildi.

Muloqotlarda klublar rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar, fan-klub vakillari hamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuvlar davomida hakamlik faoliyati bo‘yicha bildirilgan e’tiroz va takliflar, Superliga hamda O‘zbekiston kubogi uchrashuvlarida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar, shuningdek, VAR tizimi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Muloqotda jamoalarning oldindagi uchrashuvlariga tayyorgarlik, hakamlik faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va klublar bilan aloqalarni mustahkamlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Shuningdek, VAR tizimi bilan bog‘liq bahsli vaziyatlar yuzasidan e’tirozlar mavjud bo‘lgan taqdirda, klub vakillari O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mutaxassislari bilan birgalikda Toshkent shahridagi VAR markazida ushbu holatlarni tahlil qilish, VAR yozuvlarini tinglash hamda qabul qilingan qarorlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Reja asosida Superliganing barcha jamoalari bilan navbatma-navbat ana shunday ochiq muloqotlar o‘tkaziladi. Markaz rahbariyati hududlarni bosqichma-bosqich aylanib, klublar rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar va boshqa vakillar bilan yuzma-yuz uchrashib, hakamlik faoliyati, mavjud masalalar hamda o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashadi.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Older posts →

About this channel

How can I read @uzfhm without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for UzFHM: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does UzFHM have?
UzFHM (@uzfhm) has 4.26K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does UzFHM know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →