TGViewer
Channel Public Channel
UzFHM

UzFHM

@uzfhm

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali

Instagram sahifamiz: https://instagram.com/uzfhm?igshid=ZDdkNTZiNTM=
Subscribers
4.26K
Photos
5K
Videos
269
Links
1.8K

Showing posts older than #5504 · Back to latest

Older Posts 8 shown
Post #5501 1.35K
📋 Futzal: Oliy liga 2-tur 6-kun uchrashuvlari hakamlar jamoasi bilan tanishing.

🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5500 1.55K
🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar "FIFA ASEAN Cup 2026" final uchrashuvini boshqarib boradi.

5-oktabr kuni "FIFA ASEAN Cup 2026" final uchrashuvi Indoneziya va Tailand terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsni o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi boshqarib boradi.

⚽️ Bosh hakam: Ahrol Risqullayev
⚽️ Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G'iyosov
⚽️ Zaxira hakami: Ibrohim Ismoilov
🖥 VAR hakami: Akobirxo'ja Shukurullayev
🖥 AVAR hakami: Alisher Usmonov
🖥 RAR: Islom Azimov

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5497 1.49K
📋 Futzal: Oliy liga 2-tur 5-kun uchrashuvlari hakamlar jamoasi bilan tanishing.

🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5491 1.64K
📋 O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Superliga klublari bilan ochiq muloqotni davom ettirmoqda.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rahbariyati tomonidan Superliga klublari bilan ochiq muloqotlar o'tkazilmoqda. Navbatdagi uchrashuvlar OKMK, “Nasaf” va “Mash’al” jamoalari bilan tashkil etildi.

Muloqotlarda klublar rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar, fan-klub vakillari hamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuvlar davomida hakamlik faoliyati bo‘yicha bildirilgan e’tiroz va takliflar, Superliga hamda O‘zbekiston kubogi uchrashuvlarida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar, shuningdek, VAR tizimi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Muloqotda jamoalarning oldindagi uchrashuvlariga tayyorgarlik, hakamlik faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va klublar bilan aloqalarni mustahkamlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Shuningdek, VAR tizimi bilan bog‘liq bahsli vaziyatlar yuzasidan e’tirozlar mavjud bo‘lgan taqdirda, klub vakillari O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mutaxassislari bilan birgalikda Toshkent shahridagi VAR markazida ushbu holatlarni tahlil qilish, VAR yozuvlarini tinglash hamda qabul qilingan qarorlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Reja asosida Superliganing barcha jamoalari bilan navbatma-navbat ana shunday ochiq muloqotlar o‘tkaziladi. Markaz rahbariyati hududlarni bosqichma-bosqich aylanib, klublar rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar va boshqa vakillar bilan yuzma-yuz uchrashib, hakamlik faoliyati, mavjud masalalar hamda o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashadi.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5488 1.58K
📋 Futzal: Oliy liga 2-tur 4-kun uchrashuvlari hakamlar jamoasi bilan tanishing.

🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5487 1.7K
🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida ishlaydi.

2-oktabr kuni Xitoy va Falastin terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida o‘zbekistonlik hakamlar faoliyat olib boradi.

⚽️ Bosh hakam: Asker Najafaliyev
⚽️ Yordamchi hakam: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5486 1.46K
🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar "FIFA ASEAN Cup 2026" uchrashuvida ishlaydi.

2-oktabr kuni "FIFA ASEAN Cup 2026" doirasida Tailand va Filippin terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda o‘zbekistonlik hakamlar ham faoliyat olib boradi.

🖥 VAR hakami: Akobirxo'ja Shukurullayev
⚽️ AVAR hakami: Alisher Usmonov

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5477 1.61K
📋 O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Superliga klublari bilan ochiq muloqot o‘tkazishni boshladi.

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rahbariyati tomonidan Superliga klublari bilan ochiq muloqotlar boshlandi. Dastlabki uchrashuvlar "Andijon" , “Qo’qon-1912” va “Neftchi” jamoalarida tashkil etildi.

Muloqotlarda klublar rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar, fan-klub vakillari hamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuvlar davomida hakamlik faoliyati bo‘yicha bildirilgan e’tiroz va takliflar, Superliga hamda O‘zbekiston kubogi uchrashuvlarida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar, shuningdek, VAR tizimi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Muloqotda jamoalarning oldindagi uchrashuvlariga tayyorgarlik, hakamlik faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va klublar bilan aloqalarni mustahkamlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Shuningdek, VAR tizimi bilan bog‘liq bahsli vaziyatlar yuzasidan e’tirozlar mavjud bo‘lgan taqdirda, klub vakillari O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mutaxassislari bilan birgalikda Toshkent shahridagi VAR markazida ushbu holatlarni tahlil qilish, VAR yozuvlarini tinglash hamda qabul qilingan qarorlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Reja asosida Superliganing barcha jamoalari bilan navbatma-navbat ana shunday ochiq muloqotlar o‘tkaziladi. Markaz rahbariyati hududlarni bosqichma-bosqich aylanib, klublar rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar va boshqa vakillar bilan yuzma-yuz uchrashib, hakamlik faoliyati, mavjud masalalar hamda o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashadi.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →