🇺🇿 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni!
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi yosh avlodga bilim va tajribasini ulashayotgan ustozlarni, futbol hakamlariga o‘z saboqlari bilan yo‘l ko‘rsatayotgan murabbiylarni, shuningdek, faxriy hakamlarimizni bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etadi!
Siz va oila aʼzolaringizga mustahkam sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik va baxt-saodat tilaymiz. Mashaqqatli, ammo sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat va yangi yutuqlar yor bo‘lsin!
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5470
1.43K
