TGViewer
Channel Public Channel
UzCombinator

UzCombinator

@uzcombinator

UzCombinator — O’zbekistondagi startaplarni tez o’stiruvchi akselerator 🚀

Asoschilarimiz nimalarga ega bo'lishadi?

- 45 kunlik intensiv dastur
- $1000 stipendiya
- $1.000.000 gacha investitsiya

3-mavsum uchun ochiq: https://uzcombinator.uz/apply
Subscribers
8.51K
Photos
762
Videos
66
Links
218

Showing posts older than #1261 · Back to latest

Older Posts 10 shown
Post #1260 1.96K
🎉 Portfelimizda yana bir quvonarli yangilik!

⚡️ UzCombinator 2-mavsum startaplaridan biri — GrowMock Yoshlar ishlari agentligining "Ko‘mak" loyihasi bilan strategik hamkorlikni yoʻlga qoʻydi! 🚀

Bu nimani anglatadi? — Ushbu hamkorlik doirasida "Ko‘mak" tizimidagi 1000 ga yaqin o‘quv markazlar uchun o‘quvchilar bilimini oshirish va markaz xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyati yaratiladi.

📌GrowMock esa butun jarayonni avtomatlashtiradi:

— Zamonaviy test simulyatorlarni taqdim etadi;
— Test jarayonlarini toʻliq boshqaradi;
— Natijalarni AI yordamida avtomatik shakllantiradi;
— Har bir o‘quvchi uchun individual va maqsadli tayyorlov rejasini tuzib beradi.

❗️Eng muhimi — bularning barchasi ortiqcha murakkabliklarsiz, birgina platforma orqali amalga oshiriladi.

💬 Sizningcha, zamonaviy o‘quv markazlari o‘quvchilar uchun yana qanday qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratishi kerak?

Fikrlaringizni izohlarda kutib qolamiz!👇

⚡️ @uzcombinator
  • 🔥 10
  • ❤ 4
  • 👍 4
Post #1259 1.81K
🚀 Navbatdagi investitsiyaga tayyormisz?

⚡️ UzCombinator 2-mavsum asoschilari birinchi investitsiyalarni jalb qilishda davom etishmoqda. Quvonarli yangiligimizning navbatdagi qahramoni — Mirzobek Malikov!

Drone Edu Train
startapi asoschisi Mirzobek Malikov Yoshlar Ventures va Turin Politexnika Universtetidan $40,000 miqdorida investitsiya jalb qildi! 🚀

Bugungi kunda zamonaviy ta’limda nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalar va muhandislik yondashuvi (STEM) har qachongidan ham muhimroq. Kelajak texnologiyalarini o‘rganishni esa maktab davridan boshlash zarur.

Drone Edu Train — bu O‘zbekiston maktablariga drone konstruktorlari (kit) sotadigan hamda bolalarga amaliy STEM va robototexnika ta’limini beradigan hardware startapdir.

🥳 Mirzobek va uning jamoasini ushbu muhim bosqich hamda katta muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz!

💡Siz hali ham qachon investitsiya olaman deb o'ylab o'tiribsizmi?

O'ylab o'tirgandan foyda yo'q, hoziroq UzCombinatorga ariza topshiring. Bizda 3-mavsum uchun arizalar ochiq! 🔥

⚡️ @uzcombinator
  • ❤‍🔥 9
  • ❤ 7
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #1258 1.57K
Keyingi yangiligimizga tayyormisiz?
  • 👍 6
  • 🔥 3
Post #1257 1.81K
🏆 Portfelimizdagi Fonus Kids startapi Nexus Awards 2026 finalida!

UzCombinator 1-mavsum startaplaridan biri — Fonus Kids nufuzli Nexus Awards 2026 mukofotining finalistiga aylandi! 🚀

Fonus Kids — zamonaviy bolalar uchun xavfsiz content va aqlli ta'lim yechimlarini jamlagan raqamli platforma 🔥

Endi esa gʻolibni aniqlash uchun sizning yordamingiz va ovozingiz juda muhim! 🤝

Qanday qilib ovoz berish mumkin?

👉 Ovoz berish havolasi: https://forms.gle/LTvLi2SByPKgXJdN7

1️⃣ Formaga kirib, pastga tushing va 9-boʻlim — "Impact Startup of the Year" qismini toping.
2️⃣ "Select your first choice" savolida Fonus Kids loyihasini belgilang (roʻyxatda 2-oʻrinda turibdi).
3️⃣ Formaning eng pastiga tushib, "Submit" / "Отправить" tugmasini bosing.

‼️ Eslatma: Qolgan boʻlimlarni toʻldirish shart emas. Asosiysi — tanlagandan soʻng yuborish (Submit) tugmasini bosishni unutmang!

🗓 Ovoz berishning oxirgi kuni: 17-sentabr, 23:59

Keling, birgalikda oʻzimizning mahalliy startapni qo'llab quvvatlaymiz 🧡

⚡️ @uzcombinator
  • ❤ 14
  • 🔥 5
  • 🎉 4
  • 🏆 2
  • 👍 1
Post #1256 1.93K
UzCombinator Kun kech bo'lishiga qaramay, bizda sizlar uchun 3 ta qizg'in yangilik bor 🚀 Izohlarda ushbu yangiliklar nima haqida bo'lishi mumkinligini taxmin qilib ko'ring-chi?👇 ⚡️ @uzcombinator
Agar shu post 50 ta 🔥 yig'sa, birin-ketin sizlar bilan yangiliklarni bo'lishishni boshlayman...
  • 🔥 68
  • ❤ 5
  • 🆒 4
  • ❤‍🔥 2
  • ⚡ 1
  • 👍 1
  • 😁 1
  • 🎉 1
  • 🤩 1
Post #1255 2.01K
Kun kech bo'lishiga qaramay, bizda sizlar uchun 3 ta qizg'in yangilik bor 🚀

Izohlarda ushbu yangiliklar nima haqida bo'lishi mumkinligini taxmin qilib ko'ring-chi?👇

⚡️ @uzcombinator
  • 🔥 48
  • ❤ 5
  • 👍 3
  • 😍 1
  • 🆒 1
Post #1249 2.29K
🚀 19 yoshli founder bolalarga yaxshi odatlarni o‘rgatuvchi yangi ilova yaratdi!

Ota-ona sifatida har kuni "Tishingni yuvdingmi?", "Uyingni yig‘ishtir!", "Uy vazifangni qachon qilasan?" deb eslatishdan charchadingizmi? Bir-ikki kun hammasi yaxshi ketadi-yu, keyin yana o‘sha eski holat… Bolaning o‘zi xohlab bajaradigan tizim esa deyarli yo‘q.

⚡️ UzCombinator 2-mavsum ishtirokchisi 19 yoshli Abdullox aynan shu muammoga zamonaviy yechim siftida HabitKid ilovasini yaratdi!

HabitKid nima va u qanday ishlaydi?

📌HabitKid bu 5–10 yoshli bolalar uchun kundalik vazifalarni qiziqarli o‘yinga aylantiradigan mobil ilova bo'lib, ota-onalar va bolalar undan quyidagicha foydalanishadi:

• Vazifa berish: Ota-ona bola bajarishi kerak bo‘lgan ishni belgilaydi.
• Ota-ona ovozi: Vazifaga o‘z ovozingizda topshiriq va eslatmalarni qo‘shishingiz mumkin.
• Coin yig‘ish: Bola vazifani qunt bilan bajarsa, coin’lar yutib oladi.
• Mukofot: Yig‘ilgan coin’larni ota-ona belgilagan real mukofotlarga almashtiradi! 🎁

Farzandingizni majburlamasdan, o‘yin orqali foydali odatlarni shakllantirishni istasangiz, ilovani hoziroq sinab ko‘ring!

💡Siz hali ham qachon UzCombinatorga topshiraman deb o'ylab o'tiribsizmi?

O'ylab o'tirgandan foyda yo'q, hoziroq UzCombinatorga ariza topshiring. Bizda 3-mavsum uchun arizalar ochiq! 🔥

⚡️ @uzcombinator
  • 🔥 17
  • ❤ 8
  • ⚡ 5
  • 🎉 2
  • 👍 1
Post #1248 2.34K
🎉 Bizda ajoyib yangilik — Portfelimizdagi startaplar allaqachon investitsiya jalb qilishdi!

⚡️ UzCombinator 2-mavsum asoschilarimiz allaqachon birinchi investitsiyalarni jalb qilishni boshlashdi. Ushbu yangilikning birinchi qahramoni — Abdulloh Masaidov!

Occlum startapi asoschisi Abdulloh Masaidov United Ventures fondidan $40,000 miqdorida investitsiya jalb qildi! 🚀

Bugungi kunda ko‘plab xodimlar va kompaniyalar Kundalik ishida AI vositalaridan (ChatGPT, Claude va h.k.) foydalanishmoqda. Ammo eng katta xavf — mahfiy va konfidentsial ma’lumotlar: moliya ko‘rsatkichlari, mijozlar ismi, ichki API kalitlarni neyrotarmog‘ga sizib chiqishidir.

Occlum — bu xodim va sun’iy intellekt (AI) o‘rtasidagi xavfsiz qalqon.

❓ Occlum qanday ishlaydi?

• Avtomatik shifrlash: So‘rov AI’ga yuborilishidan oldin kompaniyaning maxfiy ma’lumotlarini avtomatik yashiradi/shifrlaydi.
• Natijani qaytarish: AI javob qaytargach, asl ma’lumotlarni qayta tiklab beradi.
• To‘liq nazorat: Kompaniya o‘z ma’lumotlari xavfsizligini 100% nazorat qiladi va AI’dan havotirsiz foydalanishda davom etadi.


🥳 Abdulloh va uning jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz!

💡Siz hali ham qachon investitsiya olaman deb o'ylab o'tiribsizmi?

O'ylab o'tirgandan foyda yo'q, hoziroq UzCombinatorga ariza topshiring. Bizda 3-mavsum uchun arizalar ochiq! 🔥

⚡️ @uzcombinator
  • ❤ 23
  • ⚡ 11
  • 👍 11
Post #1242 2.24K
🔴 Alisher Tojiev bilan eksklyuziv sessiya bo’lib o’tdi!

Bugun asoschilarimiz uchun mahsulot boshqaruvi va uni rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi amaliy sessiya bo‘lib o‘tdi.

🎯 Mavzu: “Building Products People Love”

Bugungi uchrashuvda spikerimiz Alisher Tojiev startaplar uchun eng hayotiy tushunchalar bilan bo‘lishdi:

- Mijoz ehtiyoji: Shunchaki g‘oya emas, foydalanuvchining real og‘riqli nuqtasini topish va unga aniq yechim berish.

- Product-Market Fit: Mahsulotni bozordan o‘z o‘rnini topguniga qadar to‘g‘ri sinovdan o‘tkazish va iteratsiya qilish.

- Sodiqlik: Insonlar shunchaki bir marta sinab ko‘rmay, har kuni sevib foydalanadigan mahsulot arxitekturasini yaratish.

💡Asoschilarimiz o‘z loyihalaridagi muammolar va mahsulot strategiyasi bo‘yicha Alisher Tojievdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob hamda tavsiyalar olishdi.

#UzCombinator #LiveSession #ProductManagement #Startups #BuildingProducts

⚡️ @uzcombinator
  • ❤ 5
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • ❤‍🔥 2
  • 🏆 1
Post #1235 2.26K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ⚡ 7
  • ❤ 4
  • 🔥 3
  • 👍 2
  • ❤‍🔥 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →