TGViewer
UzCombinator UzCombinator @uzcombinator · 8.51K subscribers
Post #1249 2.3K
🚀 19 yoshli founder bolalarga yaxshi odatlarni o‘rgatuvchi yangi ilova yaratdi!

Ota-ona sifatida har kuni "Tishingni yuvdingmi?", "Uyingni yig‘ishtir!", "Uy vazifangni qachon qilasan?" deb eslatishdan charchadingizmi? Bir-ikki kun hammasi yaxshi ketadi-yu, keyin yana o‘sha eski holat… Bolaning o‘zi xohlab bajaradigan tizim esa deyarli yo‘q.

⚡️ UzCombinator 2-mavsum ishtirokchisi 19 yoshli Abdullox aynan shu muammoga zamonaviy yechim siftida HabitKid ilovasini yaratdi!

HabitKid nima va u qanday ishlaydi?

📌HabitKid bu 5–10 yoshli bolalar uchun kundalik vazifalarni qiziqarli o‘yinga aylantiradigan mobil ilova bo'lib, ota-onalar va bolalar undan quyidagicha foydalanishadi:

• Vazifa berish: Ota-ona bola bajarishi kerak bo‘lgan ishni belgilaydi.
• Ota-ona ovozi: Vazifaga o‘z ovozingizda topshiriq va eslatmalarni qo‘shishingiz mumkin.
• Coin yig‘ish: Bola vazifani qunt bilan bajarsa, coin’lar yutib oladi.
• Mukofot: Yig‘ilgan coin’larni ota-ona belgilagan real mukofotlarga almashtiradi! 🎁

Farzandingizni majburlamasdan, o‘yin orqali foydali odatlarni shakllantirishni istasangiz, ilovani hoziroq sinab ko‘ring!

💡Siz hali ham qachon UzCombinatorga topshiraman deb o'ylab o'tiribsizmi?

O'ylab o'tirgandan foyda yo'q, hoziroq UzCombinatorga ariza topshiring. Bizda 3-mavsum uchun arizalar ochiq! 🔥

⚡️ @uzcombinator
  • 🔥 17
  • ❤ 8
  • ⚡ 5
  • 🎉 2
  • 👍 1
More from @uzcombinator
  1. Sep 25, 2026🚀 Sunday Event with Deepen Founding team! Kelayotgan yakshanba kuni UzCombinator 2-mavsum…
  2. Sep 25, 2026🚀Qishloq xo'jaligidagi ortiqcha xarajatlar va samarasiz o'g'it ishlatishga barham beradig…
  3. Sep 24, 2026🚀 Korporativ maxfiylik va ma'lumotlar sizib chiqishiga barham beradigan vaqt keldi! 🔍 Ab…
  4. Sep 23, 2026🇺🇿Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatidagi tashrifi davomida yoshlarning sta…
  5. Sep 23, 2026Yurtboshimiz Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi Sunʼiy intellekt markaziga tashrif buyur…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →