TGViewer
UzCombinator UzCombinator @uzcombinator · 8.51K subscribers
Post #1345 1.41K
🚀 Korporativ maxfiylik va ma'lumotlar sizib chiqishiga barham beradigan vaqt keldi!

🔍 Abdulloh o'zining shaxsiy ma'lumotlari AI serverlarida saqlanib qolayotganini payqadi. Keyinroq korporatsiyalarda xodimlar mijozlar bazasi, kodlar va shartnomalarni har kuni ChatGPT'ga joylayotganini ko'rib, muammo ming barobar katta ekanini his qildi.

"Kecha kompaniyangizdan AI orqali qanday ma'lumotlar chiqib ketdi?" degan savolga hech qaysi IT-xavfsizlik jamoasi aniq javob bera olmasdi.

Kompaniyalarda ikki yo'l bor edi: AI'ni taqiqlash (lekin xodimlar baribir yashirincha ishlatadi) yoki shunchaki xavfga ko'z yumish. Bank, fintech va telekom kompaniyalari maxfiy ma'lumotlar va mijozlar bazasining uchinchi tomon AI serverlariga sizib chiqishidan doimiy xavotirda edi.

Abdulloh aynan shu muammoga chek qo'yish uchun Occlum platformasiga asos soldi💡

📌 Occlum o'zi nima va u qanday ishlaydi?

• Occlum Sensor: Kompaniyadagi yashirin AI foydalanishini ko'rsatib beruvchi diagnostika.
• Dual Deployment: Kichik jamoalar uchun Cloud ($10/seat) va yirik banklar uchun to'liq On-Premise litsenziya.
• Regulyatsiya Mosligi: Yevropa AI Act va mahalliy qonunchilik talablariga to'liq javob beradi.

👉 Xodimlaringiz ChatGPT'ga qanday ma'lumotlar joylayotganini bilasizmi? AI imkoniyatlaridan ma'lumotlaringiz xavfsizligini yo'qotmagan holda foydalanish uchun hoziroq Occlum'dan foydalaning.

#Cybersecurity #B2B #AI #Occlum #UzCombinator #Startup #Uzbekistan

⚡️ @uzcombinator
  • 🔥 7
  • ❤ 5
  • ❤‍🔥 3
  • 🏆 2
More from @uzcombinator
  1. Sep 25, 2026🚀Qishloq xo'jaligidagi ortiqcha xarajatlar va samarasiz o'g'it ishlatishga barham beradig…
  2. Sep 23, 2026🇺🇿Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatidagi tashrifi davomida yoshlarning sta…
  3. Sep 23, 2026Yurtboshimiz Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi Sunʼiy intellekt markaziga tashrif buyur…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →