🚀 AloqaVentures Partneri Davron Parmonov UzCombinator'da🔥Bugun asoschilarimiz uchun UzCombinator’da navbatdagi qizg‘in va foydali master-klass bo‘lib o‘tdi.
Mehmonimiz — tajribali mutaxassis
Davron Parmonov startaplarni moliyalashtirish, investitsiya jalb qilish va investorlar bilan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish sirlari bilan bo‘lishdilar⚡️
📌 Sessiyada davomida quyidagi
4 ta yo‘nalish bo'yicha muzokaralar olib borildi:
•
Valuation (Kompaniyani baholash): Startapning g‘oya va dastlabki bosqichdagi haqiqiy qiymatini qanday belgilash kerak? Bozor hajmi, jamoa va ilk ko‘rsatkichlar (traction) baholashga qanday ta'sir qiladi?
•
Due Diligence (Investorlar tekshiruvi): Investorlar pul tikishdan oldin startapning yuridik, moliyaviy va texnik holatini qanday audit qiladi? Bu jarayondan muammosiz o‘tish uchun qaysi hujjatlar tayyor bo‘lishi shart?
•
Funding Rounds (Rundlar ketma-ketligi): Pre-seed va Seed’dan boshlab Series A, B bosqichlarigacha bo‘lgan yo‘l. Har bir rundda kimdan va qancha investitsiya so‘raladi?
•
Investitsiyaga tayyorgarlik: Pitch deck tayyorlash, cap table’ni to‘g‘ri shakllantirish va investorlar oldida uchraydigan asosiy xatolardan qochish usullari.
#UzCombinator #StartupInvestment #AloqaBank #StartupsUzbekistan
Sizningcha, ilk bosqichdagi startap uchun eng qiyini qaysi biri: kompaniyani baholashmi yoki due diligence’dan o‘tish?
Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
⚡️
@uzcombinator