TGViewer
UzCombinator UzCombinator @uzcombinator · 8.5K subscribers
Post #1225 3.28K
🚀 AloqaVentures Partneri Davron Parmonov UzCombinator'da

🔥Bugun asoschilarimiz uchun UzCombinator’da navbatdagi qizg‘in va foydali master-klass bo‘lib o‘tdi.

Mehmonimiz — tajribali mutaxassis Davron Parmonov startaplarni moliyalashtirish, investitsiya jalb qilish va investorlar bilan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish sirlari bilan bo‘lishdilar⚡️

📌 Sessiyada davomida quyidagi 4 ta yo‘nalish bo'yicha muzokaralar olib borildi:

• Valuation (Kompaniyani baholash): Startapning g‘oya va dastlabki bosqichdagi haqiqiy qiymatini qanday belgilash kerak? Bozor hajmi, jamoa va ilk ko‘rsatkichlar (traction) baholashga qanday ta'sir qiladi?

• Due Diligence (Investorlar tekshiruvi): Investorlar pul tikishdan oldin startapning yuridik, moliyaviy va texnik holatini qanday audit qiladi? Bu jarayondan muammosiz o‘tish uchun qaysi hujjatlar tayyor bo‘lishi shart?

• Funding Rounds (Rundlar ketma-ketligi): Pre-seed va Seed’dan boshlab Series A, B bosqichlarigacha bo‘lgan yo‘l. Har bir rundda kimdan va qancha investitsiya so‘raladi?

• Investitsiyaga tayyorgarlik: Pitch deck tayyorlash, cap table’ni to‘g‘ri shakllantirish va investorlar oldida uchraydigan asosiy xatolardan qochish usullari.

#UzCombinator #StartupInvestment #AloqaBank #StartupsUzbekistan

Sizningcha, ilk bosqichdagi startap uchun eng qiyini qaysi biri: kompaniyani baholashmi yoki due diligence’dan o‘tish?

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

⚡️ @uzcombinator
  • 🔥 9
  • 👍 4
  • ❤ 3
  • ❤‍🔥 1
More from @uzcombinator
  1. Sep 26, 2026🚀Saraton kasalligiga qarshi kurashda vaqtni yo'qotmaslik va tashxisni tezlashtiradigan va…
  2. Sep 26, 2026Yoshlar Ventures - AWS Activate rasmiy hamkori! 🤝 Yoshlar Ventures AWS Activate dasturiga…
  3. Sep 25, 2026🚀 Sunday Event with Deepen Founding team! Kelayotgan yakshanba kuni UzCombinator 2-mavsum…
  4. Sep 25, 2026🚀Qishloq xo'jaligidagi ortiqcha xarajatlar va samarasiz o'g'it ishlatishga barham beradig…
  5. Sep 24, 2026🚀 Korporativ maxfiylik va ma'lumotlar sizib chiqishiga barham beradigan vaqt keldi! 🔍 Ab…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →