🚀Saraton kasalligiga qarshi kurashda vaqtni yo'qotmaslik va tashxisni tezlashtiradigan vaqt keldi!
🔍 O'zbekistonda 94,000 dan ortiq saraton bemori kuzatuvda turadi. Xakatonda jamoa a'zosining onasi ko'krak bezi saratonini yenggani, biroq kasallik yana qaytgani haqidagi xabar ularni chuqur o'yga toldirdi. Aynan shu voqea shifokorlarga yordam beradigan va saratonni o'z vaqtida aniqlaydigan texnologiya yaratishga turtki bo'ldi.
Radiolog-shifokorlar yetishmasligi va mammografiya tasvirlarini tahlil qilish juda ko'p vaqt olishi sababli skrining jarayonlari sekinlashib ketardi. Oqibatda bemorlar eng muhim bo'lgan vaqtni yo'qotishardi — ayniqsa mutaxassis kam bo'lgan hududlarda.
Shohzoda ushbu muammoga chek qo'yish uchun Mammo AI loyihasiga asos soldi💡
📌 Mammo AI o'zi nima va u qanday ishlaydi?
• Yuqori Aniqlik: Skanerlardagi shubhali joylarni belgilaydi va hisobot tayyorlashni keskin tezlashtiradi.
• Shifokor Uchun Yordamchi: Radiolog o'rnini egallamaydi, balki uning ish unumdorligini oshirib, xatolik xavfini kamaytiradi.
• B2B Integratsiya: Diagnostika markazlari va xususiy klinikalar uchun qulay moslashuv.
👉 Siz ham tibbiyot markazingizda tashxis aniqligi va tezligini oshirmoqchimisiz? Mammo AI'ni sinab ko'ring! Xususiy diagnostika markazlari va klinikalar uchun pilot sinov dasturlari ochiq.
#HealthTech #MedTech #AI #MammoAI #UzCombinator #Startup #Uzbekistan
⚡️ @uzcombinator
Post #1368
1.4K







- 🔥 9
- 👍 4
- 👏 3