🌏 Osiyoning eng yirik venchur fondlaridan biri Gobi Partners Yoshlar ishlari agentligida!
🤝 Bugun 2002-yilda tashkil topgan, boshqaruvi ostida 2 milliard dollar aktivga ega bo‘lgan nufuzli Gobi Partners venchur fondi vakillari Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurdi.
🚀 Uchrashuv davomida mehmonlar Yoshlar Ventures, UzCombinator, Sherdor Games hamda Yoshlar ishlari agentligining qolgan loyihalari bilan atroflicha tanishib chiqdilar.
✅ Portfelida 420 dan ortiq startap, 8 ta “unicorn” bo‘lgan xalqaro investorlar O‘zbekistondagi startap ekotizimi va mavjud imkoniyatlarni yuqori baholashdi.
Eng muhimi fond vakillari Markaziy Osiyoda o‘z ofisini ochish va mahalliy istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash istagini bildirishdi.
🔥 Global venchur bozorining xalqaro ekspertlari bilan hamkorligimiz qizg‘in davom etmoqda! Oldinda mahalliy startaplarni xalqaro maydonga olib chiqadigan yangi imkoniyatlar va uchrashuvlar kutmoqda.
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
Post #1213
2.34K








