⚡️ UzCombinator 2-mavsum asoschilarimiz allaqachon birinchi investitsiyalarni jalb qilishni boshlashdi. Ushbu yangilikning birinchi qahramoni — Abdulloh Masaidov!
Occlum startapi asoschisi Abdulloh Masaidov United Ventures fondidan $40,000 miqdorida investitsiya jalb qildi! 🚀
Bugungi kunda ko‘plab xodimlar va kompaniyalar Kundalik ishida AI vositalaridan (ChatGPT, Claude va h.k.) foydalanishmoqda. Ammo eng katta xavf — mahfiy va konfidentsial ma’lumotlar: moliya ko‘rsatkichlari, mijozlar ismi, ichki API kalitlarni neyrotarmog‘ga sizib chiqishidir.
Occlum — bu xodim va sun’iy intellekt (AI) o‘rtasidagi xavfsiz qalqon.
❓ Occlum qanday ishlaydi?
• Avtomatik shifrlash: So‘rov AI’ga yuborilishidan oldin kompaniyaning maxfiy ma’lumotlarini avtomatik yashiradi/shifrlaydi.
• Natijani qaytarish: AI javob qaytargach, asl ma’lumotlarni qayta tiklab beradi.
• To‘liq nazorat: Kompaniya o‘z ma’lumotlari xavfsizligini 100% nazorat qiladi va AI’dan havotirsiz foydalanishda davom etadi.
🥳 Abdulloh va uning jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz!
💡Siz hali ham qachon investitsiya olaman deb o'ylab o'tiribsizmi?
O'ylab o'tirgandan foyda yo'q, hoziroq UzCombinatorga ariza topshiring. Bizda 3-mavsum uchun arizalar ochiq! 🔥
⚡️ @uzcombinator
