👨💻 “Kiberxavfsizlik sammiti” doirasida o‘tkazilayotgan “Cyberkent 4.0” kiberxavfsizlik musobaqasining “Blue Team” yo‘nalishida ishtirok etish uchun bugungi kunga qadar 470 nafar ishtirokchi 138 ta jamoa tarkibida ro‘yxatdan o‘tdi.
⏳ Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 3 kun qoldi!
💻 Saralash bosqichi 15-sentabr kuni onlayn formatda o‘tkaziladi.
Barcha davlat va xususiy tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni, shuningdek, kiberxavfsizlik sohasiga qiziquvchi yoshlarni real kiberxavfsizlik holatlariga asoslangan ushbu musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz!
🏆 O‘z bilim va ko‘nikmalaringizni sinang, jamoaviy tajribangizni namoyish eting hamda qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiriting!
✅ “Cyberkent 4.0” final bosqichi 2026-yil 5–6-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Final doirasida kiberxavfsizlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, “Mustaqillik maydoni” metro bekati.
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
