🦁“CYBERKENT 4.0”da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
2026-yilning 5-6 oktabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sammit doirasida “Cyberkent 4.0” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Kiberxavfsizlik markazi “Cyberkent 4.0”da ishtirok etish istagidagilar uchun saralash bosqichini e’lon qiladi!
Musobaqa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
⏺Himoyachi jamoa (Blue team) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.
Blue team saralash bosqichi 2026-yil 24-avgustdan ro‘yxatdan o'tish boshlanadi
🔴 Hujumchi jamoa (Red team) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.
Red team saralash bosqichi uchun ro'yxatdan o'tish 2026-yil 24-avgustdan boshlanadi
❗️Himoyachi jamoa (Blue team) saralash bosqichidan o’tgan jamoalar Hujumchi jamoa (Red team) uchun bo’lib o’tadigan saralash bosqichida ishtirok eta olmaydi.
Saralash bosqichidan o'ta olmagan ishtirokchilar uchun 2026-yil 5-6 oktabr kuni Ochiq topshiriqlar (CTF, The AI Underworld, Attack Surface AI ), "CyberQuiz" viktorinasi, "Bug bounty", "Cybermergan" va "Cyber muloqot" seminar-treningi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
“Cyberkent 4.0” g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
🔴Hujumchi jamoa (Red team)
🥇1-o‘rin — 50 mln so‘m🥈2-o‘rin — 30 mln so‘m🥉3-o‘rin — 10 mln so‘m⏺Himoyachi jamoa (Blue team)
🥇1-o‘rin — 50 mln so‘m🥈2-o‘rin — 30 mln so‘m🥉3-o‘rin — 10 mln so‘m🟢Ochiq topshiriqlar (Har bir yo'nalish uchun)
🥇1-o‘rin — 15 mln so‘m🥈2-o‘rin — 10 mln so‘m🥉3-o‘rin — 5 mln so‘m✅Bundan tashqari, g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Batafsil ma'lumot cyberkent.uz veb-saytida.
🌐Website
| 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube | 📱Instagram