“Cyberkent 4.0” final bosqichi doirasida 2026-yil 5–6-oktyabr kunlari soha mutaxassislari uchun “Cyber muloqot” seminar-treningi hamda ekspertlar muhokamasi (paneli) tashkil etiladi.
✅ Seminar-treningda respublikamizdagi kiberxavfsizlik yo‘nalishida ilg‘or tajribaga ega davlat tashkilotlari mutaxassislarining ishtirok etishi rejalashtirilgan. Tadbir davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi hamda dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan:
1. Sohaviy CERT/CSIRT xizmatlarining faoliyati:
🟢 sohada CERT/CSIRT xizmatlarining o‘rni;
🟢 amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar;
🟢 sohada kiberxavfsizlikni ta’minlash holati.
2. MAI obyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash:
🟢 tashkilotning MAI obyektlari kiberxavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tajribasi;
🟢 MAI obyektlari kiberxavfsizligini ta’minlashdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari.
Ekspertlar muhokamasi (panel):
🟢 Fundamental ta’lim va qisqa muddatli sertifikatlar: bitiruvchining kasbiy tayyorgarligi uchun mas’uliyat kimning zimmasida?
🟢 Oliy ta’limda axborot va kiberxavfsizlik yo‘nalishlari bo‘yicha malakali o‘qituvchilar yetishmasligi: kiberxavfsizlik mutaxassislari davlat tashkilotlari, tijorat sektori va biznesga jalb etilsa, talabalarga kim ta’lim beradi?
🛡 “Cyber muloqot”ning asosiy maqsadi — soha mutaxassislari, yosh mutaxassislar va talabalarni kiberxavfsizlik sohasidagi real muammolar bilan tanishtirish, amaliy tajriba almashish, mavjud muammolarning samarali yechimlarini muhokama qilish hamda zamonaviy texnologiya va yondashuvlarni namoyish etishdan iborat.
“Cyber muloqot” seminar-treningi hamda ekspertlar muhokamasida tinglovchi sifatida ishtirok etishni istaysizmi?
Unda ushbu manzil orqali ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz:
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
