TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.41K subscribers
Post #6426 1.86K
Hikaru Nakamura Javohir Sindarovga maslahat berayotganini hazil bilan izohladi

Amerikalik taniqli shaxmatchi Hikaru Nakamura va o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovning Kiprda bir mehmonxonada istiqomat qilayotgani muxlislar orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ayrim muxlislar Nakamura Sindarovning tayyorgarlik jamoasiga qo‘shilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi.

Biroq amerikalik grossmeyster bu fikrlarga hazil bilan javob qaytardi.

"Men uning jamoasida emasman. Shunchaki 2.Ke2 yurishi bo‘yicha biroz maslahat beryapman", dedi Nakamura.

Gap shaxmatda "Bongcloud" nomi bilan mashhur bo‘lgan, shohni o‘yinning boshidayoq oldinga chiqarishni nazarda tutuvchi noodatiy yurish haqida ketmoqda.

Nakamura ushbu yurishni Magnus Karlsenga qarshi jahon chempionati uchun tayyorlaganini hazil tariqasida aytib, endi tajribasini Sindarov bilan bo‘lishayotganini bildirdi.

"Ko‘ramiz, Sindarovmi yoki Gukeshmi — 2.Ke2 yurishini kim yaxshiroq qo‘llar ekan!" deya hazilini yakunladi Nakamura.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ❤ 4
More from @uzasport
  1. Oct 17, 2026⭐️ Legionerlarimiz jamoalari bugun maydonga tushadi Bugun, 17-oktabr kuni xorijda faoliyat…
  2. Oct 17, 2026📅 Kun o‘yinlari | 17-oktabr ⚽️ O‘zbekiston Superligasi | 24-tur 18:00. «Lokomotiv» – «Nas…
  3. Oct 16, 2026OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa O‘zbekistonga tashrif buyurdi Osiyo futb…
  4. Oct 16, 2026⚽️🇺🇿Superliga: 🟢"Neftchi" derbida g'alaba qozondi, yana ikki o'yin durang bilan yakunla…
  5. Oct 16, 2026O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tadigan U-20 Jahon chempionatining rasmiy brendi taqdim etil…
  6. Oct 16, 2026Osiyo kubogi-2027ga tayyorgarlik reja asosida davom etmoqda Saudiya Arabistonida 2027-yilg…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →