🇮🇹 «Milan» hujumchisi Sisse Del Pyeroning 28 yillik rekordini yangiladi
«Milan» klubining qanot hujumchisi Alfadjo Sisse UEFA Yevropa ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o‘rin olgan «Red Bull Zalsburg»ga qarshi uchrashuvda (4:0) xet-trik qayd etdi. Futbolchi ushbu natijaga 19 yosh-u 358 kunligida erishdi.
Opta Sport statistik portali ma’lumotlariga ko‘ra, Sisse Yevrokuboklarning bitta uchrashuvida uchta gol urgan eng yosh italiyalik futbolchiga aylandi.
Avvalgi rekord bundan atigi ikki kun oldin «Bryugge»ning italyan-germaniyalik hujumchisi Nikolo Trezoldi tomonidan o‘rnatilgan edi. U Chempionlar ligasida «Inter»ga qarshi kechgan uchrashuvda (4:3) 22 yosh-u 54 kunligida xet-trik qayd etgan.
Trezoldiga qadar mazkur rekord afsonaviy italiyalik futbolchi Alessandro Del Pyeroga tegishli edi. U 1997/1998-yilgi Chempionlar ligasi yarim finalida «Monako»ga qarshi uchrashuvda (4:1) 23 yosh-u 144 kunligida uchta gol urgan.
Shu tariqa, 19 yoshli Sisse qariyb 28 yil avval Del Pyero tomonidan o‘rnatilgan tarixiy ko‘rsatkichni yanada yaxshiladi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6418
1.73K

- ❤ 1