🇪🇬 Muhammad Saloh Yevrokuboklarning uchala turnirida ham gol urib, assist qayd etgan ilk futbolchiga aylandi
UEFA Konferensiyalar ligasi umumiy bosqichining 1-turida Turkiyaning «Trabzonspor» klubi Finlandiyaning KuPS jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvda misrlik hujumchi Muhammad Saloh bitta gol urib, yana bir golga assistentlik qildi.
Football Tweet nashrining X ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga ko‘ra, Saloh Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasining barchasida ham gol urib, ham golli uzatma amalga oshirgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.
🏆 Konferensiyalar ligasi | 1-tur
🇫🇮 KuPS 2:4 Trabzonspor 🇹🇷
📅 15-oktabr, 2026-yil
Navbatdagi turda «Trabzonspor» 22-oktabr kuni Shotlandiyaning «Xarts» klubini qabul qiladi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6417
1.77K

- 👍 6
- ❤ 3