TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.41K subscribers
Post #6415 1.88K
🇺🇿 LEGIONERLARIMIZ: BUGUN G‘ANIYEV VA ALIQULOV JAMOALARI MAYDONGA TUSHADI

⚽️ Bugun, 16-oktabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiya chempionatlarida navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonlik futbolchilar Azizjon G‘aniyev va Husniddin Aliqulov to‘p suradigan klublar ham o‘z bahslarini o‘tkazadi.

🇦🇪 BAA PRO LIGASI | 6-TUR

⚔️ Baniyas — Al-Vasl
⏰ 20:45 | Toshkent vaqti

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Azizjon G‘aniyev faoliyat olib borayotgan «Baniyas» o‘z maydonida «Al-Vasl»ni qabul qiladi.

Joriy yilning sentabr oyida «Al-Bataeh»dan «Baniyas» safiga kelib qo‘shilgan hamyurtimiz uchun ushbu bahs jamoasining navbatdagi muhim sinovlaridan biri bo‘ladi. Mezbonlar o‘z maydonidagi ustunlikdan foydalanib, turnir jadvalidagi holatini yaxshilashga intiladi.

🇹🇷 TURKIYA SUPERLIGASI | 8-TUR

⚔️ Chorum FK — Rizespor
⏰ 22:00 | Toshkent vaqti
🏟 Chorum shahar stadioni

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov to‘p suradigan «Rizespor» safarda «Chorum FK»ga qarshi bahs olib boradi.

Mezbonlar yangi bosh murabbiy Burak Yilmaz qo‘l ostida dastlabki uchrashuvda «Gaziantep»ni mag‘lub etgan. Yetti turdan so‘ng 10 ochko jamg‘argan «Chorum FK» turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

«Rizespor» esa safardagi ushbu uchrashuvda ijobiy natija qayd etib, turnir jadvalidagi mavqeini mustahkamlashni maqsad qilgan.

Afsuski, jamoa safidagi o‘zbekistonlik himoyachi Husniddin Aliqulov jarohati sabab mazkur uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Uning safga qaytishi oktabr oyi oxirlariga mo‘ljallangan.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ❤ 1
More from @uzasport
  1. Oct 16, 2026OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa O‘zbekistonga tashrif buyurdi Osiyo futb…
  2. Oct 16, 2026⚽️🇺🇿Superliga: 🟢"Neftchi" derbida g'alaba qozondi, yana ikki o'yin durang bilan yakunla…
  3. Oct 16, 2026O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tadigan U-20 Jahon chempionatining rasmiy brendi taqdim etil…
  4. Oct 16, 2026Osiyo kubogi-2027ga tayyorgarlik reja asosida davom etmoqda Saudiya Arabistonida 2027-yilg…
  5. Oct 16, 2026Hikaru Nakamura Javohir Sindarovga maslahat berayotganini hazil bilan izohladi Amerikalik…
  6. Oct 16, 2026🌏OFK "Paxtakor", "Neftchi" va "Nasaf"ning Osiyo Chempionlar ligasidagi 4-tur o‘yinlariga…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →