🏴 «Arsenal» Xulian Alvaresni sotib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, «kanonirlar» rahbariyati argentinalik futbolchini sotib olishga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda. Yaqin haftalarda ehtimoliy transfer bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Alvares yaqinda o‘z agentini almashtirgan va faoliyatini boshqa klubda davom ettirish istagida.
Transfermarkt portali 26 yoshli argentinalik hujumchining bozor qiymatini 110 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Xulian Alvaresning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6299
1.72K

- ❤ 1
- 👍 1