O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi kunida aralash jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Hamyurtlarimiz saralash bosqichida Germaniya va Gruziya terma jamoalarini mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda O‘zbekiston dzyudochilari Rossiya terma jamoasiga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shundan so‘ng vakillarimiz bronza medali uchun Mo‘g‘uliston terma jamoasiga qarshi tatamiga chiqdi. Hal qiluvchi bellashuvda o‘zbekistonlik sportchilar 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, jahon chempionatini sovrin bilan yakunladi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6306
1.24K

- 🔥 9
- 👍 2
- ❤ 1
- 💯 1