«Manchester Siti» safarda «Liverpul»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Husanov zaxirada qoldirildi (GOLLAR VIDEOSI)
Angliya Premyer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Manchester Siti» safarda «Liverpul»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bahs taqdiriga 62-daqiqada yuz bergan voqea jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Mezbonlar yarim himoyachisi Rayan Gravenberx qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bir kishi ko‘p bo‘lib qolgan «shaharliklar» bundan unumli foydalandi.
65-daqiqada Erling Holand hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Jeremi Doku mehmonlarning ustunligini ikki to‘pga yetkazdi. 78-daqiqada esa Rayan Sherki uchinchi golni kiritib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov ushbu bahsni zaxiradan kuzatib bordi.
Shu tariqa, «Manchester Siti» ochkolari sonini 18 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Liverpul» esa 9 ochko bilan sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.
APL, 6-tur
«Liverpul» – «Manchester Siti» – 0:3
Gollar: Holand, 65 — 0:1. Doku, 68 — 0:2. Sherki, 78 — 0:3.
Chetlatish: Gravenberx, 62 («Liverpul»).
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6307
822

- 👎 6
- ❤ 3
- 👍 1
- 🔥 1