TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.54K subscribers
Post #6296 1.63K
🇪🇸 La Ligada 📹 VAR orqali eng ko‘p gollari bekor qilingan jamoalar ma’lum bo‘ldi

Ispaniya La Ligasida videoassistent hakam (VAR) tizimi joriy etilganidan buyon eng ko‘p gollari bekor qilingan klublar haqidagi statistik ma’lumotlar e’lon qilindi.

Manbaga ko‘ra, 2018–2026-yillar oralig‘ida VAR aralashuvi natijasida eng ko‘p goli bekor qilingan jamoa Madridning «Real» klubi hisoblanadi.

Mazkur davrda «qirollik klubi»ning 42 ta goli VAR tekshiruvidan so‘ng inobatga olinmagan.

Ikkinchi o‘rinda Madridning yana bir vakili — «Atletiko» joylashgan. Jamoaning 22 ta goli VAR qaroriga asosan bekor qilingan.

Kuchli uchlikni esa Kataloniyaning «Barselona» klubi yakunlagan. Ushbu jamoaning 19 ta goli videoassistent hakam aralashuvi natijasida hisobga olinmagan.

Shunday qilib, keltirilgan statistikaga ko‘ra, «Real Madrid»ning VAR orqali bekor qilingan gollari soni «Atletiko»nikidan 20 taga, «Barselona»nikidan esa 23 taga ko‘p.

Ma’lumot uchun, VAR tizimi Ispaniya La Ligasida 2018/2019-yilgi mavsumdan boshlab qo‘llanilmoqda.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • 😁 7
More from @uzasport
  1. Oct 11, 2026«Manchester Siti» safarda «Liverpul»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Husanov zaxirada qoldir…
  2. Oct 11, 2026O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi Ozarba…
  3. Oct 11, 2026Abduqodir Husanov 🇬🇧«Manchester Siti»ning 🇬🇧«Liverpul»ga qarshi APL o'yinini zaxiradan…
  4. Oct 11, 2026Post #6304
  5. Oct 11, 2026Post #6303
  6. Oct 11, 2026«Paxtakor» «Al Qodisiya»ga qarshi bahs oldidan: Karas va Resan nimalar dedi? Elit Osiyo Ch…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →