TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.54K subscribers
Post #6281 2.22K
Otabek Shukurov Ozarbayjon klubiga o‘tishi mumkin edi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Ozarbayjon chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Sport24.az nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Turon Tovuz» klubi 30 yoshli futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirgan.

Shukurov Birlashgan Arab Amirliklarining «Baniyas» jamoasini tark etgach, erkin agent maqomiga ega bo‘lgan. Ozarbayjon klubi aynan shu imkoniyatdan foydalanib, o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilgan bo‘lsa-da, yakunda kelishuvga erishilmagan.

Shu tariqa, Shukurovning «Turon Tovuz»ga o‘tishi amalga oshmay qolgan. Keyinroq futbolchimiz Serbiyaning «Radnik» jamoasi safiga qo'shildi.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ❤ 4
  • 👏 2
More from @uzasport
  1. Oct 11, 2026«Manchester Siti» safarda «Liverpul»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Husanov zaxirada qoldir…
  2. Oct 11, 2026O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi Ozarba…
  3. Oct 11, 2026Abduqodir Husanov 🇬🇧«Manchester Siti»ning 🇬🇧«Liverpul»ga qarshi APL o'yinini zaxiradan…
  4. Oct 11, 2026Post #6304
  5. Oct 11, 2026Post #6303
  6. Oct 11, 2026«Paxtakor» «Al Qodisiya»ga qarshi bahs oldidan: Karas va Resan nimalar dedi? Elit Osiyo Ch…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →