TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.57K subscribers
Post #6271 2.06K
Rahmonaliyev va G‘aniyev jamoalari safida maydonga tushdi: legionerlarimizning kechagi o‘yinlari qanday yakunlandi?

9-oktabr kuni xorijiy chempionatlarda to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilarimiz o‘z klublari safida navbatdagi uchrashuvlarda ishtirok etdi.

🇦🇿 «Neftchi» 0:0 «Sabah»

Ozarbayjon Premyer-ligasining 7-turida Bokuning «Neftchi» klubi «Sabah»ni qabul qildi. Uchrashuvda hisob ochilmadi — 0:0.

«Sabah» safida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev uchrashuvning 61-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va bahsning qolgan qismida ishtirok etdi.

🇦🇪 «Ajman» 1:0 «Baniyas»

BAA Liga kubogining 3-turi doirasida «Ajman» o‘z maydonida «Baniyas»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

«Baniyas» safidagi hamyurtimiz Azizjon G‘aniyev 18-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 83-daqiqada Muhammad Juma Eid tomonidan kiritildi. Natijada «Baniyas» musobaqadagi dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va 6 ochkoda qoldi.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ❤ 6
More from @uzasport
  1. Oct 11, 2026🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 «Arsenal» Xulian Alvaresni sotib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda London…
  2. Oct 11, 2026Ispaniya futbol federatsiyasi Vinisiusning chetlatilishi bo‘yicha VAR suhbatini e’lon qild…
  3. Oct 11, 2026🏆 Superliga: Bugun 23-tur yakunlanadi. «Navbahor» Olmaliqda, «Lokomotiv» esa Zominda mehm…
  4. Oct 11, 2026🇪🇸 La Ligada 📹 VAR orqali eng ko‘p gollari bekor qilingan jamoalar ma’lum bo‘ldi Ispani…
  5. Oct 11, 2026🌏 OFK Umar Harbinni Osiyo kubogi oldidan e’tiborga molik futbolchilar qatorida tilga oldi…
  6. Oct 11, 2026Bugun o‘zbekistonlik legionerlar ⚽️ Angliya va 🇹🇷Turkiya chempionatlarida maydonga tushi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →