🌏 OFK Umar Harbinni Osiyo kubogi oldidan e’tiborga molik futbolchilar qatorida tilga oldi
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2027-yilda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi oldidan qit’a futbolining taniqli vakillariga bag‘ishlangan materialida 🇸🇾 Suriya milliy terma jamoasi hujumchisi Umar Harbinga ham e’tibor qaratdi.
Umar Harbin 2017-yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. U mazkur sovrinni qo‘lga kiritgan ilk suriyalik futbolchi hisoblanadi.
Hujumchi faoliyati davomida Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi safida to‘p surgan. 2017-yilda ushbu jamoa bilan Osiyo Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan. O‘sha mavsumda musobaqa doirasida 10 ta gol urib, turnirning eng yaxshi to‘purariga aylangan.
Shuningdek, Umar Harbin Suriya milliy terma jamoasi safida xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda.
2027-yilgi Osiyo kubogi Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi. Qit’a chempionatida Osiyoning 24 ta milliy terma jamoasi ishtirok etishi belgilangan.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6295
1.31K

- ❤ 1