TGViewer
Channel Public Channel
RANCH university

RANCH university

@utu_ranch

RANCH universiteti rasmiy kanali

Murojaat uchun raqamlar:
+998 62 227 7772
Admin: @RANCHuniversity
Subscribers
8.42K
Photos
3.8K
Videos
943
Links
1.9K

Showing posts older than #5674 · Back to latest

Older Posts 14 shown
Post #5672 4.3K
🎓 RANCH Universiteti Nukus kampusida talabalar kimlardan saboq olishadi?

Talabalarimiz o‘z sohasining yetuk mutaxassislari, tajribali va kuchli professor-o‘qituvchilardan saboq olish bilan birga, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

Bizning maqsadimiz — nafaqat nazariy bilim berish, balki talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va tajribalarni shakllantirishdir.

RANCH Universitetida qabul davom etmoqda!
Hoziroq hujjatlaringizni topshiring va RANCH Universiteti talabasi bo‘ling!

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
  • ❤ 10
  • 👍 5
  • 🔥 5
Post #5671 4.75K
🎓 Semestr qanday yakunlanadi? Sessiyalar qanday o‘tadi?

Abituriyentlar eng ko‘p beradigan savollariga javob berdik!

📚 Semestr yakunida talabalarni qanday sinovlar kutadi?
📝 Sessiyalar qanday tartibda o‘tkaziladi?
🎯 Baholash jarayoni qanday kechadi?

Batafsil video davomida!

🎓Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
  • 👍 14
  • ❤ 8
  • ⚡ 1
Post #5670 4.73K
Talabalik yo’li endi boshlanmoqda!

Bizning professor-o'qituvchilarimiz bo'lajak talabalarga o'zlarining eng samimiy maslahat va tavsiyalarini berishdi. Ularning ko'p yillik tajribasi, bilimi va yurakdan chiqqan so'zlari — sizning ilk qadamlaringiz uchun ishonchli yo'ldosh bo'ladi.

Bizda qabul davom etmoqda hujjatlaringizni topshiring va RANCH Universiteti talabasi bo’ling

🎓Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
  • ❤ 9
  • 🔥 5
  • 👍 4
  • 🎉 4
  • 🏆 1
Post #5668 7.13K
Talabalarimiz diqqatiga!

Yangi o'quv yili — 14-sentabrda 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun o'quv jarayoni start oladi!

Ta'til tugadi — endi yangi sarguzashtlar, yangi do'stlar va yangi imkoniyatlar sizni kutmoqda!

🎓Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
  • 👍 18
  • ❤ 13
  • 🔥 8
  • 🏆 3
Post #5667 6.24K
🎓 2026-yilda talaba bo‘lish orzuingizni RANCH bilan amalga oshiring!

“Nega aynan RANCH?”

✅ Tajribali professor-o‘qituvchilar
✅ O‘zbekiston va Osiyo chempionlari bilan birga ta’lim va mashg‘ulotlar
✅ Ilk kursdanoq ilmiy loyihalar va patentlar
✅ Birinchi kursdanoq amaliyot va tajriba
✅ Zamonaviy kampus va laboratoriyalar

🎓 RANCH Universitetida qabul davom etmoqda!

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
  • ❤ 17
  • 🏆 3
  • 🔥 2
  • 👍 1
Post #5663 5.98K
Qabul davom etmoqda!

31 ta bakalavriat va 9 ta magistratura yo‘nalishlari orasidan o‘zingizga mosini tanlab, RANCH universiteti talabasi bo‘ling.

💼 O‘qish bilan birga ishlashni rejalashtirganlar uchun esa kechki ta’lim shakli ham mavjud.

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
  • ❤ 12
  • 👌 2
Post #5662 5.5K
Kelajakni o‘zgartiradigan innovatsiyalar qanday bo‘lishi kerak?


Bu savolga javobni eng yirik xalqaro innovatsiyalar haftaligi — InnoWeek–2026 da topasiz.

🟡 “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro haftalikda ishtirok eting!

Bu yerda siz:

✅
eng so‘nggi innovatsion ishlanmalar bilan tanishasiz;
✅
mahalliy va xalqaro startaplar ekotizimini kashf etasiz;
✅
ilm-fan yutuqlarini amaliy loyihalarga bog‘laydigan yangi yechimlarni ko‘rasiz;
✅
investorlar va biznes vakillari bilan istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yasiz;
✅
xalqaro ekspertlar ishtirokidagi forumlar, panel sessiyalar va mahorat darslarida qatnashasiz.


🟢Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

📍27–29-oktabr | CAEx

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
  • ❤ 8
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #5661 6.03K
RANCH universiteti kelajak uchun to‘g‘ri tanlov.

Yaxshi mutaxassis bo‘lish faqat bilim bilan emas, izlanish, tajriba va doimiy rivojlanish bilan bog‘liq.

RANCH Universitetida esa buning uchun zarur muhit va imkoniyatlar mavjud.

📚 Kelajagingizga investitsiya qiling.

📌 Qabul davom etmoqda!

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
  • 👍 10
  • ❤ 7
  • ⚡ 5
  • 🔥 2
  • 🤩 1
  • 🏆 1
Post #5660 5.48K
🩺 RANCH — soha mutaxassislari tanlovi

Bu yerda bo‘lajak shifokorlar uchun:
• yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilar;
• zamonaviy ta’lim muhiti;
• nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash imkoniyati;
• universitetning o‘z klinikasida amaliy mashg‘ulotlar uchun sharoitlar yaratilgan.

Chunki yetuk mutaxassis bo‘lish faqat darslikdagi bilim bilan cheklanmaydi. Buning uchun bilim, tajriba va amaliyot uyg‘unlashadigan muhit kerak.

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
  • ❤ 10
  • 👍 5
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #5659 5.63K
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, qadrli ota-onalar,aziz talabalar va RANCH universitetining fidoyi jamoasi!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik shonli sanasi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Mustaqillik — xalqimiz taqdirida yangi davr ochgan, o‘z taraqqiyot yo‘limizni o‘zimiz belgilash, milliy qadriyatlarimizni tiklash va buyuk kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkonini bergan ulug‘ ne’matdir. Bugun Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida dadil qadam tashlar ekanmiz, bu ezgu ishning eng katta tayanchi — bilimga chanqoq, shijoatli va Vatanini sevuvchi siz, aziz yoshlarimizdir.

Muhtaram ustozlar!
Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz va hayotiy tajribangiz yoshlarimizning ta’limi hamda ertangi taqdirida yorqin aks etmoqda. Sizlar bergan bilim shogirdlarning dunyoqarashi va Vatan ravnaqiga qo‘shadigan ulkan hissasida davom etadi. Matonatli va sharafli faoliyatingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Aziz talabalar!
Sizlar mustaqil O‘zbekistonning eng katta umidi va ertangi kunimizning poydevorisiz. Orzu qiling, izlaning, katta maqsadlar sari dadil intiling va eng muhimi — o‘zingizga hamda bilimingizga ishoning. Sizning bugungi shijoatingiz va ilmga bo‘lgan muhabbatingiz ertangi kunimizni belgilaydi.
Mustaqillikning mana shunday shukuhli damlarida barcha professor-o‘qituvchilarimiz, talabalarimiz, ota-onalarimiz va universitetimiz jamoasining har bir a’zosiga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va ulkan zafarlar tilayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
 
Hurmat bilan RANCH universiteti rektori Jur’atbek Atajonov
  • ❤ 50
  • 🎉 19
  • 🔥 7
  • 👍 5
  • 🤩 1
  • 👌 1
  • 🏆 1
Post #5658 5.27K
Bundan roppa-rosa 100 yil oldin ne-ne orzular bilan Germaniyaga oliy ta’lim olishga yuborilgan talabalar yurtga majburiy tarzda qaytarila boshlandi.

Oliy ta’lim olib qaytgan yoki yurtimizda erkin fikrlaydigan, mustaqil yigit-qizlarga ochiqchasiga chet el josusi yoki xalq dushmani sifatida muomala qilina boshlandi. Ularga tegishli sohalarda ish bermaslik, ta’qib va tazyiqlar yil sayin ortib bordi. 1937–1938-yillarga kelib, ularning juda ko‘pchiligi otib tashlandi yoki surgun qilindi.

Millatimizning kuchli irodasi bilan barcha qiyinchiliklar yengib o‘tilib, 1991-yilda haqiqiy erkinligimiz, mustaqilligimizga erishdik. Sekin-sekin millat siyosiy irodasi, buyuk o‘tmishini anglagan holda o‘z qaddini tiklay boshladi. Hozirgi kunda bu millat ota-ajdodlari orzu qilgan zamonga keldi. Hozir oliy ta’lim olish ayb emas, balki majburiyatdir. Hamma bir yoqadan bosh chiqarib, o‘sha ajdodlari dunyo ilm-fan beshigini tebratgan vaqtga qaytib, Uchinchi Renesansga asos solish vaqti keldi. Bizga bunday imkoniyatni bergan Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
  • ❤ 37
  • 🔥 16
  • 👍 5
  • 👏 3
  • ⚡ 2
  • 🤩 2
  • 😍 2
  • 🏆 2
Post #5657 5.88K

Forwarded from RANCH Yangiliklari

Kecha, 28-avgust kuni RANCH universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Bayramona ruhda o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirokchilar mini-futbol, voleybol va shaxmat yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, natijalar quyidagicha:

SHAXMAT BO‘YICHA
🥇 1-o‘rin — Obidjon Xudayberganov
🥈 2-o‘rin — Sa’dulla Yusupov
🥉 3-o‘rin — Fayzulla Yo‘ldoshev

VOLEYBOL BO‘YICHA
🥇 1-o‘rin — Pedagogika va aniq fanlar kafedrasining “RANCH pedagoglari” jamoasi
🥈 2-o‘rin — Texnika kafedrasi
🥉 3-o‘rin — Pedagogika va aniq fanlar kafedrasining “Omadlilar” jamoasi

MINI-FUTBOL BO‘YICHA
🥇 1-o‘rin — Tibbiyot yo‘nalishi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Tyutorlar jamoasi
🥉 3-o‘rin — Ijtimoiy fanlar kafedrasining “Olimpik” jamoasi
🥉 3-o‘rin — Iqtisodiyot kafedrasining “Iqtisodchilar” jamoasi

Bu bellashuvlar nafaqat sport maydonidagi kurash, balki birdamlik, do‘stlik, hamjihatlik va jamoaviy ruhning yorqin namoyishi bo‘ldi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.

🇺🇿 RANCH universiteti jamoasi barchani O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etadi!

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
  • ❤ 14
  • 🔥 6
  • 👏 6
  • 👍 2
  • 🏆 2
Post #5648 7.97K
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan RANCH universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilariga esdalik nishonlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi PF–118-son „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi“ esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmoniga binoan Xorazm viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish, yosh avlodga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida samarali mehnat qilayotgan soha vakillaridan J. Boltayev, B.Allaberganov, M. Yakubov, S. Otamuratov, T.Xudayberganov, Sh.Otaboyeva, I. Xajiyeva, N. Djabbarova, X.Nyutonovalarning xizmatlari alohida e’tirof etildi.

💐 Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatida yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
  • ❤ 29
  • 👍 18
  • 👏 6
  • 🔥 5
  • 🏆 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →