TGViewer
RANCH university RANCH university @utu_ranch · 8.41K subscribers
Post #5659 5.63K
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, qadrli ota-onalar,aziz talabalar va RANCH universitetining fidoyi jamoasi!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik shonli sanasi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Mustaqillik — xalqimiz taqdirida yangi davr ochgan, o‘z taraqqiyot yo‘limizni o‘zimiz belgilash, milliy qadriyatlarimizni tiklash va buyuk kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkonini bergan ulug‘ ne’matdir. Bugun Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida dadil qadam tashlar ekanmiz, bu ezgu ishning eng katta tayanchi — bilimga chanqoq, shijoatli va Vatanini sevuvchi siz, aziz yoshlarimizdir.

Muhtaram ustozlar!
Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz va hayotiy tajribangiz yoshlarimizning ta’limi hamda ertangi taqdirida yorqin aks etmoqda. Sizlar bergan bilim shogirdlarning dunyoqarashi va Vatan ravnaqiga qo‘shadigan ulkan hissasida davom etadi. Matonatli va sharafli faoliyatingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Aziz talabalar!
Sizlar mustaqil O‘zbekistonning eng katta umidi va ertangi kunimizning poydevorisiz. Orzu qiling, izlaning, katta maqsadlar sari dadil intiling va eng muhimi — o‘zingizga hamda bilimingizga ishoning. Sizning bugungi shijoatingiz va ilmga bo‘lgan muhabbatingiz ertangi kunimizni belgilaydi.
Mustaqillikning mana shunday shukuhli damlarida barcha professor-o‘qituvchilarimiz, talabalarimiz, ota-onalarimiz va universitetimiz jamoasining har bir a’zosiga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va ulkan zafarlar tilayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
 
Hurmat bilan RANCH universiteti rektori Jur’atbek Atajonov
  • ❤ 50
  • 🎉 19
  • 🔥 7
  • 👍 5
  • 🤩 1
  • 👌 1
  • 🏆 1
More from @utu_ranch
  1. Oct 17, 2026UNLEASH YOUR POTENTIAL. 🚀 O‘z imkoniyatlaringizni cheklamang. Dadil fikrlang,katta maqsad…
  2. Oct 16, 2026Post #5897
  3. Oct 16, 2026Post #5896
  4. Oct 16, 2026Post #5895
  5. Oct 16, 2026Post #5894
  6. Oct 16, 2026O‘zbek tilini tanlashga nima sabab bo‘ldi? Respublika olimpiadasida ishtirok etgan xorijli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →