TGViewer
RANCH university RANCH university @utu_ranch · 8.41K subscribers
Post #5658 5.27K
Bundan roppa-rosa 100 yil oldin ne-ne orzular bilan Germaniyaga oliy ta’lim olishga yuborilgan talabalar yurtga majburiy tarzda qaytarila boshlandi.

Oliy ta’lim olib qaytgan yoki yurtimizda erkin fikrlaydigan, mustaqil yigit-qizlarga ochiqchasiga chet el josusi yoki xalq dushmani sifatida muomala qilina boshlandi. Ularga tegishli sohalarda ish bermaslik, ta’qib va tazyiqlar yil sayin ortib bordi. 1937–1938-yillarga kelib, ularning juda ko‘pchiligi otib tashlandi yoki surgun qilindi.

Millatimizning kuchli irodasi bilan barcha qiyinchiliklar yengib o‘tilib, 1991-yilda haqiqiy erkinligimiz, mustaqilligimizga erishdik. Sekin-sekin millat siyosiy irodasi, buyuk o‘tmishini anglagan holda o‘z qaddini tiklay boshladi. Hozirgi kunda bu millat ota-ajdodlari orzu qilgan zamonga keldi. Hozir oliy ta’lim olish ayb emas, balki majburiyatdir. Hamma bir yoqadan bosh chiqarib, o‘sha ajdodlari dunyo ilm-fan beshigini tebratgan vaqtga qaytib, Uchinchi Renesansga asos solish vaqti keldi. Bizga bunday imkoniyatni bergan Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
  • ❤ 37
  • 🔥 16
  • 👍 5
  • 👏 3
  • ⚡ 2
  • 🤩 2
  • 😍 2
  • 🏆 2
More from @utu_ranch
  1. Oct 17, 2026UNLEASH YOUR POTENTIAL. 🚀 O‘z imkoniyatlaringizni cheklamang. Dadil fikrlang,katta maqsad…
  2. Oct 16, 2026Post #5897
  3. Oct 16, 2026Post #5896
  4. Oct 16, 2026Post #5895
  5. Oct 16, 2026Post #5894
  6. Oct 16, 2026O‘zbek tilini tanlashga nima sabab bo‘ldi? Respublika olimpiadasida ishtirok etgan xorijli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →