TGViewer
RANCH university RANCH university @utu_ranch · 8.41K subscribers
Post #5657 5.88K

Forwarded from RANCH Yangiliklari

Kecha, 28-avgust kuni RANCH universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Bayramona ruhda o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirokchilar mini-futbol, voleybol va shaxmat yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, natijalar quyidagicha:

SHAXMAT BO‘YICHA
🥇 1-o‘rin — Obidjon Xudayberganov
🥈 2-o‘rin — Sa’dulla Yusupov
🥉 3-o‘rin — Fayzulla Yo‘ldoshev

VOLEYBOL BO‘YICHA
🥇 1-o‘rin — Pedagogika va aniq fanlar kafedrasining “RANCH pedagoglari” jamoasi
🥈 2-o‘rin — Texnika kafedrasi
🥉 3-o‘rin — Pedagogika va aniq fanlar kafedrasining “Omadlilar” jamoasi

MINI-FUTBOL BO‘YICHA
🥇 1-o‘rin — Tibbiyot yo‘nalishi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Tyutorlar jamoasi
🥉 3-o‘rin — Ijtimoiy fanlar kafedrasining “Olimpik” jamoasi
🥉 3-o‘rin — Iqtisodiyot kafedrasining “Iqtisodchilar” jamoasi

Bu bellashuvlar nafaqat sport maydonidagi kurash, balki birdamlik, do‘stlik, hamjihatlik va jamoaviy ruhning yorqin namoyishi bo‘ldi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.

🇺🇿 RANCH universiteti jamoasi barchani O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etadi!

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
  • ❤ 14
  • 🔥 6
  • 👏 6
  • 👍 2
  • 🏆 2
More from @utu_ranch
  1. Oct 17, 2026UNLEASH YOUR POTENTIAL. 🚀 O‘z imkoniyatlaringizni cheklamang. Dadil fikrlang,katta maqsad…
  2. Oct 16, 2026Post #5897
  3. Oct 16, 2026Post #5896
  4. Oct 16, 2026Post #5895
  5. Oct 16, 2026Post #5894
  6. Oct 16, 2026O‘zbek tilini tanlashga nima sabab bo‘ldi? Respublika olimpiadasida ishtirok etgan xorijli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →