Rimda Jahon oziq-ovqat forumi-2026 ish boshladi🇮🇹 Italiya poytaxti Rim shahrida, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh qarorgohida
Jahon oziq-ovqat forumi-2026ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri
Ibrohim Abdurahmonov ham ishtirok etdi.
🌱
“Bugun innovatsiya yarating. Ertaga oziqlantiring” shiori ostida o‘tkazilayotgan xalqaro forum oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligiga innovatsion yechimlarni joriy etish va barqaror oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan.
👥Forumda qariyb
200 mamlakatdan 18 ming nafardan ortiq vakil bevosita ishtirok etmoqda. Shuningdek, onlayn formatdagi ishtirokchilar soni
60 ming nafardan oshgani tadbirning global miqyosdagi ahamiyatini namoyon etadi.
🤫 Ochilish marosimida FAO Bosh direktori
Syuy Dunyuy, Dominikana Respublikasi, Angola va Boliviya prezidentlari so‘zga chiqdi. Shuningdek, Italiya Bosh vaziri
Jorja Meloni, Turkiya Prezidenti
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Irlandiya Bosh vaziri
Mixol Martin hamda Kuba Prezidenti
Migel Dias-Kanel videomurojaat yo‘lladi.
📌
2021-yilda tashkil etilgan Jahon oziq-ovqat forumi ilm-fan, innovatsiyalar, yoshlar tashabbuslari va investitsiyalarni oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishga yo‘naltirish, shuningdek, global muammolarga birgalikda yechim topish uchun muhim xalqaro muloqot maydoni hisoblanadi.
🤩 Forum doirasida
qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish,
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.
✅ O‘zbekiston delegatsiyasining forumdagi ishtiroki mamlakatimizda
agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ilg‘or tajribalarni xalqaro hamjamiyat bilan muhokama qilish, xorijiy davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va yangi istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram