O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry
📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy
☎️ Ishonch telefoni: 1243
Post #57186
227
Sifatli urug‘lik — yuqori hosildorlik poydevori
🥔 Kartoshkachilikda yuqori hosildorlikka erishish, sifatli urug‘lik materialidan foydalanish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklarida kartoshkaning mini tuganaklarini yetishtirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🇺🇿Jumladan, Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi “Islombek Abduraimov” fermer xo‘jaligida joriy yil avgust oyida kartoshkaning besh xil navga mansub jami 250 ming dona mini tuganagi ekildi. Mazkur tajriba turli navlarning o‘sishi va rivojlanishini kuzatish, ularning mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashuvini o‘rganish hamda kelgusida sifatli urug‘lik materiallari yetishtirish uchun muhim ahamiyatga ega.
☘️ Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi “Yo‘ldosh polvon” fermer xo‘jaligida ham kartoshkachilik yo‘nalishida amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu yerda avgust oyida kartoshkaning “Santa” navi mini tuganaklari ekilgan.
✍️E’tiborlisi, ekin maydonlari atrofi maxsus himoya setkalari bilan o‘ralgan bo‘lib, bu dalalarni tashqi omillardan muhofaza qilishga xizmat qiladi.
✅ Ayni paytda har ikki fermer xo‘jaligida kartoshka ekinlarini parvarishlashga alohida e’tibor qaratilib, belgilangan agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘simliklarning o‘sish va rivojlanish holati kuzatilib, ularning sog‘lom rivojlanishi uchun zarur parvarish ishlari olib borilmoqda.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

- 🥰 1