👍Paxta maydonlarida polietilen plyonka qoldiqlarini yig‘ishtirish — tuproqni asrash yo‘lidagi muhim qadam
📍Qo‘shtepa tumanidagi “Ismoil Jo‘rabek” fermer xo‘jaligining paxta maydonlaridan birida g‘o‘zapoyalar yig‘ishtirib olingach, dalani polietilen plyonka qoldiqlaridan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
☁️Paxta yetishtirishda qo‘llaniladigan polietilen plyonkalar agrotexnik jihatdan muayyan afzalliklarga ega. Biroq hosil yig‘im-terimidan so‘ng ularning dalada qolishi tuproq holati va ekologik muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois plyonka qoldiqlarini o‘z vaqtida yig‘ishtirish yer resurslaridan oqilona foydalanishning muhim shartlaridan biridir.
Bizni kuzating
❤Facebook |❤Instagram |❤YouTube |❤Telegram|🌐web-sayt
Post #6873
196