TGViewer
"URUG'CHILIKNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI " DM "URUG'CHILIKNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI " DM @urugchilikni · 1.39K subscribers
Post #6792 177

Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

Rimda Jahon oziq-ovqat forumi-2026 ish boshladi

🇮🇹 Italiya poytaxti Rim shahrida, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh qarorgohida Jahon oziq-ovqat forumi-2026ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ham ishtirok etdi.

🌱 “Bugun innovatsiya yarating. Ertaga oziqlantiring” shiori ostida o‘tkazilayotgan xalqaro forum oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligiga innovatsion yechimlarni joriy etish va barqaror oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan.

👥Forumda qariyb 200 mamlakatdan 18 ming nafardan ortiq vakil bevosita ishtirok etmoqda. Shuningdek, onlayn formatdagi ishtirokchilar soni 60 ming nafardan oshgani tadbirning global miqyosdagi ahamiyatini namoyon etadi.

🤫 Ochilish marosimida FAO Bosh direktori Syuy Dunyuy, Dominikana Respublikasi, Angola va Boliviya prezidentlari so‘zga chiqdi. Shuningdek, Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Irlandiya Bosh vaziri Mixol Martin hamda Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel videomurojaat yo‘lladi.

📌 2021-yilda tashkil etilgan Jahon oziq-ovqat forumi ilm-fan, innovatsiyalar, yoshlar tashabbuslari va investitsiyalarni oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishga yo‘naltirish, shuningdek, global muammolarga birgalikda yechim topish uchun muhim xalqaro muloqot maydoni hisoblanadi.

🤩 Forum doirasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.

✅ O‘zbekiston delegatsiyasining forumdagi ishtiroki mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ilg‘or tajribalarni xalqaro hamjamiyat bilan muhokama qilish, xorijiy davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va yangi istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
  • 👍 4
  • ❤ 1
More from @urugchilikni
  1. Oct 13, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qili…
  2. Oct 13, 2026#uzbek_seeds #bizning_nav 🌾Men — g‘allaning Asr naviman 💧Sug‘oriladigan yerlarda ekish u…
  3. Oct 13, 2026📚Namangan viloyati boshqarmasida “Har bir xodimdan — 5 ta kitob” aksiyasi o‘tkazildi 📌Ur…
  4. Oct 13, 2026✅✅✅✅ 💧Navbahor tumanida g‘alla maydonlarini sug‘orish ishlari boshlandi 🗺Navoiy viloyati…
  5. Oct 13, 2026G‘o‘zapoyadan biochar olish – amaliy tashabbus 🇺🇿 Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi…
  6. Oct 12, 2026🌿Jut urug'chiligi 📍Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi Nuriddin Murodov fermer xo'jaligin…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →