TGViewer
URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI @urganch_iu · 3.64K subscribers
Post #24089 514
😀 URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETIDA "SPORT KUNI": PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA XODIMLAR MAYDONDA!

Sog‘lom tana — sog‘lom fikr garovidir! Universitetimizda nafaqat ilm-fan, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ham doimiy e’tiborda. Shu munosabat bilan, har chorshanba haftaning "Sport kuni" deb belgilangan va o'zgacha shukuhda bo'lib o'tmoqda.


⚽️ Ushbu an’ana doirasida universitetimizning professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida keskin va do‘stona ruhda o‘tgan "Rektor kubogi" Mini-futbol musobaqasi tashkil etildi!
Kundalik dars jarayonlari va ilmiy faoliyatdan tashqari, pedagoglarimiz va xodimlarimiz yashil maydonda ham o‘zlarining jamoaviy birdamliklari, yuqori g‘ayratlari va sportsevarliklarini namoyish etishdi.

🏆Munosib e’tirof va rag‘bat!
O‘yin yakunida yuqori mahorat ko‘rsatib, faxrli o‘rinlarni egallagan hamda faol ishtirok etgan barcha jamoalar universitet ta’sischisi F. Jumabayev hamda universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar!

Sport — nafaqat jismoniy salomatlik manbayi, balki ishchanlik qobiliyatini oshiruvchi va jamoani yanada jipslashtiruvchi eng go‘zal vositadir.

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook
  • 🎉 4
  • ❤ 3
  • 🤝 2
  • 🏆 1
More from @urganch_iu
  1. Oct 15, 2026#21_oktabr | #til_bayrami | #37_yil 😀 Urganch innovatsion universitetida 21-oktabr – O'zb…
  2. Oct 15, 2026#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI | #UrIU 😀 Urganch innovatsion universitetida navbatdagi "Rahbar v…
  3. Oct 15, 2026URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI pinned a video
  4. Oct 15, 2026▪️▪️▪️▪️ 😀 Urganch innovatsion universitetida "Ruhiy salomatlik haftaligi" doirasida tala…
  5. Oct 15, 2026#21_oktabr | #til_bayrami | #37_yil 🪶O'z tilini sevgan va uni hurmat qilgan inson o'z Vat…
  6. Oct 15, 2026Xorazm teleradiokanalida 21-oktabr – "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munos…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →