TGViewer
Channel Public Channel
URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

@urganch_iu

🎓 URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI
☎️ Murojaat uchun:🔽
(91) 436-20-22
(90) 436-20-22
Youtube Manzil 🔽
https://www.youtube.com/channel/UC2pBZvmx-qq-0xM24YtdOIQ
Instagram Manzil 🔽
https://www.instagram.com/p/Cp78wulMMiU
Subscribers
3.63K
Photos
19.7K
Videos
3K
Links
6.2K
Recent Posts 11 shown
Post #24112 177
#21_oktabr | #til_bayrami | #37_yil

😀 Urganch innovatsion universitetida 21-oktabr – O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan "Til millatning ko'zgusi" shiori ostida ijodiy rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi.

🪶Tanlovda universitetimizning mahoratli talabalari qatnashib, ona tilimizning go'zalligi va buyukligini faqat so'zlar bilan emas, ranglar va chiziqlar yordamida tasvirlab berishdi. Har bir ijodiy ishda ona tilimizni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarimizga sodiqlik va Ona Vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'ulari yorqin aks etgan.
Ta'sirli va chuqur mazmunga ega suratlarni saralash jarayonida hakamlar hay'ati eng iqtidorli ijodkorlarni aniqlashdi.

G'olib deb topilgan va faxrli o'rinlarga loyiq ko'rilgan talabalarimiz 21-oktabr kuni universitetimizda bo'lib o'tadigan katta bayram dasturida munosib ravishda rag'batlantiriladi!

Ona tilimiz — bizning bebaho xazinamiz!


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook
  • 👍 2
Post #24111 284
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI | #UrIU

😀 Urganch innovatsion universitetida navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Yoshlar bilan doimiy muloqot o'rnatish maqsadida tashkil etilgan navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'ldi. Unda universitet rektori, dotsent A.Matnazarov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori, dotsent N.Matyakubov talabalarning tashabbuslari, takliflari va kelajakdagi maqsadlarini tingladilar.

Muloqot davomida yoshlar hayotiga daxldor bo'lgan eng muhim masalalarga to'xtalib o'tildi:

⏺"Kelajakka qadam" — yangi imkoniyatlar eshigi:
Talabalarni o'qish davridanoq zamonaviy mehnat bozoriga moslashib borishlari, eng nufuzli korxonalarda malaka amaliyotlarini o'tashlari bo'yicha yangi tizim taqdim etildi.
⏺Bitiruvchilar uchun kafolatlangan kelajak:
Universitetni tamomlayotgan yoshlarning o'z mutaxassisligi bo'yicha munosib va yuqori maoshli ish o'rinlariga joylashishi, yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish rejalari kelishib olindi.
⏺Talabalar bandligi va moddiy qo'llab-quvvatlash:
Yoshlarning darsdan bo'sh vaqtlarida qonuniy daromad topishlari uchun yaratilgan ichki va tashqi vakansiyalar (bo'sh ish o'rinlari) haqida batafsil ma'lumot berildi.
⏺Startap loyihalar va biznes g'oyalar:
Tadbirkorlikka qiziquvchi talabalarning shaxsiy biznes loyihalarini moliyalashtirish, ularga grantlar ajratish va universitet tomonidan konsultativ ko'mak berish masalalari tushuntirildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o'zlarini qiynayotgan muammolar, bandlik va amaliyotga oid shaxsiy takliflarini ochiq bayon etib, rahbariyatdan aniq va amaliy yechimlar olishdi.

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook
Post #24109 286
▪️▪️▪️▪️

😀 Urganch innovatsion universitetida "Ruhiy salomatlik haftaligi" doirasida talabalarning psixologik bilimlarini oshirish va o'zaro muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

Universitetimizning "Yosh psixologlar" klubi to'garak aʼzolari tashabbusi bilan Iqtisodiyot yo'nalishi talabalari ishtirokida "Fikrlar oynasi" nomli qiziqarli va interaktiv trening mashg'uloti tashkil etildi.

Treningning asosiy maqsadi:

⏺Muloqot jarayonida to'g'ri fikr bildirish va uni qabul qilish;
⏺Jamoada ishlash va emotsional intellektni rivojlantirish;
⏺Kelajakda iqtisodiyot sohasi vakillari bo'ladigan talabalarda biznes muloqot ko'nikmalarini shakllantirish.

Mashg'ulot davomida talabalar turli psixologik o'yinlar orqali o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda bir-birlariga yuqori kayfiyat ulashishdi.


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook
  • ❤ 1
Post #24108 334
#21_oktabr | #til_bayrami | #37_yil

🪶O'z tilini sevgan va uni hurmat qilgan inson o'z Vatanini va o'zligini ham chin dildan e'zozlaydi!

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook
  • 👏 2
  • 🎉 2
  • 🤝 2
Post #24107 367
Xorazm teleradiokanalida 21-oktabr – "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan "Ochiq muloqot" tashkil etilib unda 😀 Urganch innovatsion universiteti Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, nazorat va monitoring bo'limi boshlig'i, dots. R.Xudoyberganov ham ishtirok etdi va o'z fikr-mulohazalarini bayon qildi.

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook
  • 👍 3
  • 👨‍💻 2
  • 🤝 1
Post #24105 416
#kun_hikmati

🎤 Odamning qadri uning bilimi va xulqi bilan o‘lchanadi.
🪶 Abu Ali ibn Sino

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
  • ❤ 2
Post #24104 459

Forwarded from Saida Mirziyoyeva

Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.

Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.

Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.

—

Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах.

Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений.

Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет.

Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
  • ❤ 4
Post #24102 488
#21_oktabr | #til_bayrami | #37_yil

🪶"Ona tilim o'lmaydi"

She'r muallifi: O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov
Ijro etdi: UrIU talabasi Shoxruh Masharipov


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook
  • 👍 3
  • 👏 3
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 🤝 1
Older posts →

About this channel

How can I read @urganch_iu without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI have?
URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI (@urganch_iu) has 3.63K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →