#21_oktabr | #til_bayrami | #37_yil
😀 Urganch innovatsion universitetida 21-oktabr – O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan "Til millatning ko'zgusi" shiori ostida ijodiy rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi.
🪶Tanlovda universitetimizning mahoratli talabalari qatnashib, ona tilimizning go'zalligi va buyukligini faqat so'zlar bilan emas, ranglar va chiziqlar yordamida tasvirlab berishdi. Har bir ijodiy ishda ona tilimizni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarimizga sodiqlik va Ona Vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'ulari yorqin aks etgan.
Ta'sirli va chuqur mazmunga ega suratlarni saralash jarayonida hakamlar hay'ati eng iqtidorli ijodkorlarni aniqlashdi.
G'olib deb topilgan va faxrli o'rinlarga loyiq ko'rilgan talabalarimiz 21-oktabr kuni universitetimizda bo'lib o'tadigan katta bayram dasturida munosib ravishda rag'batlantiriladi!
Ona tilimiz — bizning bebaho xazinamiz!
📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook
Post #24112
529










- 👍 3
- ❤ 2
- 👨💻 2
- 🔥 1