TGViewer
URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI @urganch_iu · 3.63K subscribers
Post #24111 411
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI | #UrIU

😀 Urganch innovatsion universitetida navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Yoshlar bilan doimiy muloqot o'rnatish maqsadida tashkil etilgan navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'ldi. Unda universitet rektori, dotsent A.Matnazarov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori, dotsent N.Matyakubov talabalarning tashabbuslari, takliflari va kelajakdagi maqsadlarini tingladilar.

Muloqot davomida yoshlar hayotiga daxldor bo'lgan eng muhim masalalarga to'xtalib o'tildi:

⏺"Kelajakka qadam" — yangi imkoniyatlar eshigi:
Talabalarni o'qish davridanoq zamonaviy mehnat bozoriga moslashib borishlari, eng nufuzli korxonalarda malaka amaliyotlarini o'tashlari bo'yicha yangi tizim taqdim etildi.
⏺Bitiruvchilar uchun kafolatlangan kelajak:
Universitetni tamomlayotgan yoshlarning o'z mutaxassisligi bo'yicha munosib va yuqori maoshli ish o'rinlariga joylashishi, yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish rejalari kelishib olindi.
⏺Talabalar bandligi va moddiy qo'llab-quvvatlash:
Yoshlarning darsdan bo'sh vaqtlarida qonuniy daromad topishlari uchun yaratilgan ichki va tashqi vakansiyalar (bo'sh ish o'rinlari) haqida batafsil ma'lumot berildi.
⏺Startap loyihalar va biznes g'oyalar:
Tadbirkorlikka qiziquvchi talabalarning shaxsiy biznes loyihalarini moliyalashtirish, ularga grantlar ajratish va universitet tomonidan konsultativ ko'mak berish masalalari tushuntirildi.

Talabalarimiz mas’ullarga
🟣Hunarmadchilik bilan shug’ullanayotgan yoshlar qanday kreditlardan foydalangan holda o’z bizneslarini boshlashlari mumkin?
🟣Chet tillarini mukammal biladigan yoshlar o’zi kabi tengdoshlariga ham chet tili saboqlari berishni istasa, universitet rahbariyati to’garaklar tashkil etish masalasida yordam bera oladimi kabi savollar bilan murojaat qilishdi va rahbariyatdan aniq va amaliy yechimlar olishdi.

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook
More from @urganch_iu
  1. Oct 15, 2026#quvnoq_kayfiyat_vaqti TANIDINGIZMI…? 📲 UrIU MATBUOT XIZMATI 📨Telegram |📷 Instagram | �…
  2. Oct 15, 2026#21_oktabr | #til_bayrami | #37_yil 😀 Urganch innovatsion universitetida 21-oktabr – O'zb…
  3. Oct 15, 2026URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI pinned a video
  4. Oct 15, 2026▪️▪️▪️▪️ 😀 Urganch innovatsion universitetida "Ruhiy salomatlik haftaligi" doirasida tala…
  5. Oct 15, 2026#21_oktabr | #til_bayrami | #37_yil 🪶O'z tilini sevgan va uni hurmat qilgan inson o'z Vat…
  6. Oct 15, 2026Xorazm teleradiokanalida 21-oktabr – "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munos…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →