❗️Oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar huzurida yangi ishlanmalarga asoslangan korxonalarni tashkil etish, faoliyatini amalga oshirish va ularning reestrini yuritish tartibi belgilandi.
Hukumat qarori (554-son, 09.10.2026-y.) bilan Oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy tashkilotlar huzurida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarni tashkil etish, faoliyatini amalga oshirish va ularning reestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi hamda yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
✔️Qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan reestrga kiritiladigan korxonalar quyidagi mezonlarga javob berishi shart:
➖korxona ustav fondining kamida 25 foizi oliy ta’lim tashkiloti va (yoki) ilmiy tashkilotga tegishli bo‘lishi lozim;
➖ korxona tomonidan ilmiy tadqiqotga asoslangan mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha asoslantirilgan biznes reja ishlab chiqilishi kerak;
➖ korxona tomonidan ishlab chiqiladigan tovar (xizmat) muassis bo‘lgan oliy ta’lim tashkiloti va (yoki) ilmiy tashkilotning ishlanmasiga asoslangan bo‘lishi shart;
➖ yangi ishlanma muassis — oliy ta’lim tashkiloti va (yoki) ilmiy tashkilotda bajarilgan ilmiy-tadqiqot, dissertatsiya ishi, xo‘jalik shartnomasi natijasida olingan bo‘lishi yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intellektual mulk huquqi muhofazalangan yaratilgan texnologiyaga asoslangan bo‘lishi kerak.
➖ “Spin-off” korxonasining ustav fondi muassisning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan 25 foizdan kam bo‘lmagan ulushdan tashqari venchur fondlar, xorijiy va (yoki) mahalliy investorlar mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham shakllantirilishi mumkin.
⚡️ “Spin-off” korxonalarini reestrga kiritish va ko‘rib chiqish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
