🤩 Ijara xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Urganch davlat pedagogika instituti hamda Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarida xavfsizlik holati o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar davomida ijara xonadonlarining yong‘in va texnik xavfsizlik holati, isitish moslamalaridan foydalanish tartibi, elektr va gaz jihozlarining sozligi hamda belgilangan xavfsizlik talablariga rioya etilishi joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilmoqda.
Shuningdek, talabalarga xavfsizlik qoidalari va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Sayt✅Telegram💬Facebook🌐Instagram📹YouTube
Post #45088
539










- 👍 1