🟦🟦🟦 🟦🟦
📣 Urganch davlat pedagogika intitutida magistraturaga qo‘shimcha qabul boshlandi!
Urganch davlat pedagogika intitutida 2026–2027-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul jarayoni boshlandi.
Qo‘shimcha qabul tegishli til sertifikatiga ega bo‘lgan, biroq asosiy qabul jarayonida o‘qishga tavsiya etilmagan talabgorlar uchun tashkil etilmoqda.
Magistraturada tahsil olish imkoniyatidan foydalanmoqchi bo‘lgan talabgorlar belgilangan tartibda hujjatlarini rasmiylashtirish uchun institut Magistratura bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.
📌Qabul joriy yilning 20-oktabrigacha bo‘lib o‘tadi.
📌Murojaat uchun manzil:Urganch davlat pedagogika intituti, Filologiya fakulteti binosi, 403-xona.
📞 Bog‘lanish uchun: +998-91-094-77-97
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Sayt✅Telegram💬Facebook🌐Instagram📹YouTube
Post #45109
1.15K

- 👍 7
- ❤ 2