🎤 “USTOZDAN BIR MASLAHAT” — bilim va tajriba ulashiladigan loyiha!
🤩 Urganch davlat pedagogika institutida Ijtimoiy va amaliy fanlar fakultetining tashabbusi bilan institut matbuot xizmati hamkorligida yo‘lga qo‘yilayotgan “Ustozdan bir maslahat” loyihasi ustozlarimizning boy tajribasi, qimmatli bilimlari va hayotiy tavsiyalarini talabalar bilan baham ko‘rishga qaratilgan.
Zero, birgina samimiy maslahat inson hayotida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi, yangi marralar sari dadil qadam tashlashga ilhom berishi mumkin.
📌Loyiha doirasida ustozlarimiz o‘zlarining ko‘p yillik tajribalari, kasbiy mahoratlari va hayotiy saboqlari bilan o‘rtoqlashib, yosh avlodning bilimli, izlanuvchan va maqsad sari intiluvchan bo‘lib kamol topishiga hissa qo‘shadilar.
📹 Videorolik institut MATBUOT XIZMATI huzuridagi “TALABALAR MEDIA STUDIYASI” a'zosi Qurolova Moxidil tomonidan tayyorlandi.
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube