TGViewer
O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (Союз композиторов и бастакоров Узбекистана) O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (Союз композиторов и бастакоров Узбекистана) @unionofcomposers · 992 subscribers
Post #8457 368
Prima Navo yosh kompozitorlar va ijrochilar tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda.

«Professionallar» yoki «Havaskorlar» yo‘nalishlaridan birida ishtirok etish uchun 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan musiqachilar taklif etiladi.

Professionallar yo‘nalishida yosh kompozitorlar va bastakorlar kamer-cholg‘u va vokal musiqalarini taqdim etishlari mumkin. Ijrochilar uchun fortepiano, torli, xalq, an’anaviy, puflama va zarbli cholg‘ular hamda estrada cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha nominatsiyalar ko‘zda tutilgan. Vokal nominatsiyalari esa akademik vokal, an’anaviy va estrada xonandaligidan iborat.

Havaskorlar yo‘nalishida kuylaydigan yoki musiqiy cholg‘u chaladiganlar uchun ikkita alohida nominatsiya mavjud: havaskor xonandalar va havaskor cholg‘u ijrochilari.

Tanlov uchta yosh guruhida o‘tkaziladi: 8–12, 13–15 va 16–18 yosh.

Prima Navo tanlovida ishtirok eting va o‘z talantingizni barchaga namoyon qiling!

___

Продолжается приём заявок на Prima Navo — конкурс юных композиторов и исполнителей.

К участию в одном из двух направлений — «Профессионалы» или «Любители» — приглашаются музыканты от 8 до 18 лет.

В профессиональном направлении юные композиторы и бастакоры смогут представить камерную инструментальную и вокальную музыку. Для исполнителей предусмотрены номинации по фортепиано, струнным, народным, традиционным, духовым и ударным инструментам, а также эстрадному инструментальному исполнительству. Вокальные номинации — академический вокал, традиционное и эстрадное пение.

В любительском направлении — две отдельные номинации для тех, кто поёт или играет на музыкальных инструментах: любители-вокалисты и любители-инструменталисты.

Конкурс пройдёт в трёх возрастных группах: 8–12, 13–15 и 16–18 лет.

Участвуйте в Prima Navo и покажите всем свои таланты!
More from @unionofcomposers
  1. Oct 12, 2026https://www.kultura.uz/view_6_r_23902.html
  2. Oct 12, 2026“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” 16-oktabr kuni soat…
  3. Oct 12, 2026O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor, kompozitor Feliks Markovich Yano…
  4. Oct 8, 2026Musiqa ijodkorlari va tadqiqotchilarini birlashtirgan O‘zbekiston kompozitorlari va bastak…
  5. Oct 7, 2026Taniqli oʻzbek musiqashunos olimi, san'atshunoslik fanlari nomzodi, professor Soibjon Begm…
  6. Oct 6, 2026Mustafo Bafoyev ijodiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar tanlovini e’lon qilamiz. Tanlov komp…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →