TGViewer
O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (Союз композиторов и бастакоров Узбекистана) O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (Союз композиторов и бастакоров Узбекистана) @unionofcomposers · 992 subscribers
Post #8453 707
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor, kompozitor Feliks Markovich Yanov-Yanovskiy vafot etganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qilamiz.

Feliks Markovich zamonamizning buyuk kompozitori, O‘zbekiston kompozitorlik maktabining yorqin namoyandasi, ko‘plab kompozitor va musiqashunoslarning ustozi, ko‘plab nodir musiqiy asarlar muallifi edi. U to‘qqizta opera, to‘rtta balet, beshta simfoniya, cholg‘u konsertlari, kamer, vokal va xor asarlarini yaratgan. Uning asarlari orasida “Оркестр” va “Аккомпаниатор” operalari, “Урашима Таро” baleti hamda Rekviyem bor. Shuningdek, u 60 ta film, jumladan, animatsion filmlar va 15 ta teatr spektakli uchun musiqa yozgan.

Kompozitor ijodi O‘zbekistonda ham, xorijda ham keng tanilgan. Uning asarlari Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AQSh, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ijro etilgan. Ijodiy ishlari Grifon mukofoti, IV Butunukraina kinofestivali diplomi, “Yiglava–2002” xalqaro tanlovi sovrini (Chexiya), M&TVA Award faxriy mukofoti (2008) va boshqa mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Ellik yildan ortiq pedagogik faoliyati davomida Feliks Markovich o‘z ovozi va uslubiga ega ko‘plab iste’dodli kompozitorlarni tarbiyaladi. Musiqaning sehrli olamiga qadam qo‘ymoqchi bo‘lgan har bir inson uchun u yo‘l ko‘rsatuvchi ustoz edi.

O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi Feliks Markovichning oila a’zolari, yaqinlari, shogirdlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Vidolashuv marosimi 13-oktabr kuni soat 11:30 da quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadi: Mirzo Ulug‘bek tumani, S-1, 47-uy.

Xotirasi qalbimizda abadiy yashaydi.

Telegram | Instagram
__


С прискорбием сообщаем о кончине заслуженного деятеля искусств Узбекистана, профессора, композитора Феликса Марковича Янов-Яновского.

Феликс Маркович - великий композитор современности, яркий представитель композиторской школы Узбекистана, наставник многих композиторов и музыковедов, автор многочисленных музыкальных шедевров. Им созданы девять опер, четыре балета и пять симфоний, инструментальные концерты, камерные, вокальные и хоровые произведения. Среди его сочинений — оперы «Оркестр» и «Аккомпаниатор», балет «Урашима Таро», Реквием. Он написал музыку к 60 фильмам, включая анимационные, и 15 театральным постановкам.
Творчество композитора знаменит не только в Узбекистане но и за пределами республики. Его произведения исполнялись в Великобритании, Германии, Франции, США, Японии и других странах, были удостоены Премии Грифон, Дипломом IV Всеукраинского кинофестиваля, Приза Международного конкурса «Йиглава -2002» (Чехия), Почетной премии M&TVA Award (2008) и др.

За более пятьдесят лет педагогической деятельности Феликс Маркович воспитал пледу ярких и харизматических композиторов. Он был маяком для каждого, кто хотел входить в волшебный мир музыки.

Союз композиторов и бастакоров Узбекистана выражает глубокие соболезнования семье, близким, ученикам и коллегам Феликса Марковича.

Прощание состоится 13 октября в 11:30 по адресу: Мирзо-Улугбекский район, Ц-1, дом 47

Светлая память.

Telegram | Instagram
  • ❤ 5
More from @unionofcomposers
  1. Oct 17, 2026Post #8459
  2. Oct 17, 2026Post #8458
  3. Oct 15, 2026Prima Navo yosh kompozitorlar va ijrochilar tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda. «Prof…
  4. Oct 12, 2026https://www.kultura.uz/view_6_r_23902.html
  5. Oct 12, 2026“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” 16-oktabr kuni soat…
  6. Oct 8, 2026Musiqa ijodkorlari va tadqiqotchilarini birlashtirgan O‘zbekiston kompozitorlari va bastak…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →