TGViewer
Channel Public Channel
UNICON SOFT

UNICON SOFT

@uniconsoft

“Unicon-Soft” kompaniyasining rasmiy kanali

Call-markaz:
(71) 2004646

Ijtimoiy tarmoq:
https://linkedin.com/company/uniconsoft/
https://youtube.com/@uniconsoft
https://instagram.com/unicon_soft
https://fb.com/uniconsoft


Rasmiy sayt:
us.uz
Subscribers
3.36K
Photos
1.1K
Videos
366
Links
864
Recent Posts 14 shown
Post #1860 1.2K
“UNICON-SOFT” kompaniyasi tomonidan hududlarning raqamli salohiyatini oshirish va “Elektron hukumat” axborot tizimi loyihasini hayotga tatbiq etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

📍Toshkent viloyatining Bekobod tumanida: tuman hokimligi va “UNICON-SOFT” MChJ mutasaddilari ishtirokida tumanda “Elektron hokimiyat” axborot tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hokimlikdagi ichki ish jarayonlarini raqamlashtirish, elektron hujjat aylanishini takomillashtirish, ijro intizomi va topshiriqlar nazoratini avtomatlashtirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda “Elektron hokimiyat” axborot tizimini amaliyotga tatbiq etish, mutaxassislarni o‘qitish va tegishli raqamli yechimlarni bosqichma-bosqich ishga tushirish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

📍 Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF–76-son Farmoni talablari asosida davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasidagi hujjat almashinuvi bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazilmoqda. Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi sog‘liqni saqlash tizimi rahbarlari uchun “UNICON-SOFT” MChJ mutasaddilari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etilib, raqamli tizimga o‘tish va "qog‘ozsiz ish yuritish" tamoyilini amalda qo‘llash ko‘nikmalari o‘rgatildi.

🌐LinkedIn | 📹 YouTube | 📱Instagram | 🕊Telegram
  • 👍 6
Post #1858 3.97K
📢 Hurmatli lawyer.ijro.uz tizimi foydalanuvchilari!
Tizimda barcha xodimlarning hujjatlari umumiy ko‘rinib qolayotgani sababli o‘zingizga tegishlisini topishda noqulayliklar yuzaga kelayotgan edimi?

Endi bu muammo hal etildi! Tizimga yangi “FILTR” funksiyasi qo‘shildi. Uning yordamida boshqalarning hujjatlari bilan chalkashmagan holda, faqat o‘zingiz yaratgan hujjatlarni alohida ajratib olishingiz mumkin.

Buni qanday ishga tushiramiz?
1️⃣ “Barchasi” bo‘limiga kirasiz;
2️⃣ Qidiruv (🔍) belgisini bosasiz;
3️⃣ “Mening hujjatlarim” tugmasini yoqib qo‘yasiz. Tamom! ✅

⚠️ Rahbarlar uchun muhim eslatma:
Ushbu filtr rahbarlar profilida o‘chiq holatda turishi shart! Agar rahbarlar bu filtrni yoqib qo‘ysa, kadrlar bo‘limi, hisobchilar yoki boshqa xodimlar tomonidan imzolash uchun yuborilgan hujjatlar ularning profilida ko‘rinmay qoladi.

🌐LinkedIn | 📹 YouTube | 📱Instagram | 🕊Telegram
  • ❤ 3
  • 🔥 2
Post #1856 1.52K

Forwarded from "Raqamli Mahalla"

⏳ Tez orada

“Raqamli mahalla” platformasida “Ogohlantirish” funksiyasi ishga tushiriladi.

🔔 Mazkur qo‘ng‘iroqcha orqali ijrosini ta’minlash va nazorat qilish zarur bo‘lgan murojaatlar bo‘yicha eslatmalar taqdim etib boriladi.

📌Ushbu funksiya murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, ijrosi ta’minlanishi va nazoratdan chetda qolmasligiga xizmat qiladi.

📢“Raqamli mahalla” rasmiy kanal
  • 👍 3
  • ❤ 1
Post #1854 1.5K

Forwarded from "E-huquqshunos" (Og‘abek Sultonbayev)

👍 Hurmatli “E-huquqshunos” elektron tizimi foydalanuvchilari!

🔄 Tizimga tashkilot xodimlarining pasport ma’lumotlarini yangilash imkoniyati qo‘shildi

🪪 Endilikda “Tashkilot xodimlari” menyusida xodimning pasport ma’lumotlari o‘zgargan bo‘lsa, “Yangilash” tugmasi orqali xodimning shaxsiy ma’lumotlarini yangilashingiz mumkin.

✔️ Ushbu imkoniyat pasport almashtirilganda yoki xodimning familiyasi o‘zgarganda uning yangi ma’lumotlarini tizimga tez va qulay tarzda kiritishga yordam beradi.

👍 "E-huquqshunos" elektron tizimi bo'yicha barcha o‘zgarishlardan xabardor bo'lish uchun @e_huquqshunos_rasmiy kanaliga obuna bo'ling!

😁 “Unicon Soft” kompaniyasiga doir muhim yangiliklarni @uniconsoft kanalidan o‘qishingiz mumkin.
  • 👍 5
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 🤝 1
Post #1853 2.05K

Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal

Unicon Soft yangi tashkil etilgan R&D markaziga muhandislarni taklif qiladi

Kompaniya quyidagi yo‘nalishlarda tajribaga ega professional muhandislarni R&D markaziga ishga taklif qiladi:
— Embedded Systems Engineer
— Hardware Engineer
— PCB Schematic Design Engineer
— PCB Layout Design Engineer
— Electronics Engineer

Shuningdek, hali katta tajribaga ega bo‘lmasa-da, elektronika, embedded systems, PCB/PCBA, mikroprosessorlar va zamonaviy qurilmalar yaratishga jiddiy qiziqadigan, tez o‘rganishga va real loyihalarda ishlashga tayyor iqtidorli yoshlar uchun ham imkoniyat mavjud.

📩 Nomzodlar quyidagi shakl orqali ariza qoldirishlari mumkin:
https://forms.gle/z1fBwGUJ8KgPFyq58

Batafsil ma’luot

Reklama
  • 🔥 4
  • 🥰 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #1852 1.84K

Forwarded from Kun.uz | Расмий канал

UNICON SOFT янги ташкил этилган R&D марказига муҳандисларни таклиф қилади

Компания қуйидаги йўналишларда тажрибага эга профессионал муҳандисларни R&D марказига ишга таклиф қилади:
— Embedded Systems Engineer
— Hardware Engineer
— PCB Schematic Design Engineer
— PCB Layout Design Engineer
— Electronics Engineer

Шунингдек, ҳали катта тажрибага эга бўлмаса-да, электроника, embedded systems, PCB/PCBA, микропроцессорлар ва замонавий қурилмалар яратишга жиддий қизиқадиган, тез ўрганишга ва реал лойиҳаларда ишлашга тайёр иқтидорли ёшлар учун ҳам имконият мавжуд.

📩 Номзодлар қуйидаги шакл орқали ариза қолдиришлари мумкин:
https://forms.gle/z1fBwGUJ8KgPFyq58

Батафсил маълумот

Реклама
  • ❤ 4
  • 🔥 3
  • 👏 3
  • 👍 2
  • 👌 1
Post #1849 2.19K

Forwarded from Sherzod Shermatov

Kelajak texnologiyalari bo‘yicha ilmiy-tadqidot ishlarini qilmoqchi bo‘lsangiz, Siz bizga keraksiz!

Hurmatli Prezidentimiz Nurafshon shahriga tashrifda Kelajak texnologiyalari markazi loyihasini boshlashga start bergandilar: https://t.me/shmirziyoyev/34748

Ushbu Markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun hozirdan bu sohadagi ilg‘or kompaniyamizda R&D markazini ishga tushirib, muhandislarni ishga taklif qilayapmiz.

Marhamat, Siz ham ariza topshiring, batafsil: https://t.me/uniconsoft/1848
Telegram Shavkat Mirziyoyev_press-service Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida “Cyber University” davlat universiteti faoliyati bilan tanishib, Kelajak texnologiyalari markazi va boshqa obyektlar qurilishiga start berdi. — В городе Нурафшане Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью…
  • ❤ 2
Post #1848 58.5K
🚀 UNICON SOFT R&D MARKAZIGA MUHANDISLARNI TAKLIF QILAMIZ!

UNICON SOFT kompaniyasida zamonaviy elektronika, embedded tizimlar va yangi avlod qurilmalarini yaratishga yo‘naltirilgan R&D (Research & Development) markazi tashkil etildi. Markaz zamonaviy laboratoriya va prototiplash uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, g‘oyadan boshlab real ishlaydigan qurilma prototipigacha bo‘lgan jarayonlarni bir muhitda amalga oshirish imkonini beradi.

🔬 R&D markazimiz imkoniyatlari:
LPKF kompaniyasining zamonaviy uskunalari yordamida 8 qatlamgacha bo‘lgan PCB/PCBA prototiplarini laboratoriya sharoitida ishlab chiqish;
Professional PCB Schematic va PCB Layout Design loyihalarini yaratish, prototiplash va sinovdan o‘tkazish;
Formlabs kompaniyasining zamonaviy SLA va SLS 3D printerlari yordamida yuqori aniqlikdagi mexanik detallar, korpuslar va funksional prototiplarni ishlab chiqarish;
Embedded Systems, IoT, telekommunikatsiya, sanoat elektronikasi va boshqa zamonaviy elektron qurilmalarni ishlab chiqish;
MediaTek, Intel, Snapdragon platformalari va boshqa professional SoC yechimlari asosida murakkab apparat platformalarini yaratish;
Elektronika, embedded software, mexanik dizayn va prototiplash jarayonlarini yagona R&D muhitida olib borish.

⚡️ Biz kimlarni izlayapmiz?
R&D jamoamizga:
— Embedded Systems Engineer
— Hardware Engineer
— PCB Schematic Design Engineer
— PCB Layout Design Engineer
— Electronics Engineer
kabi yo‘nalishlarda tajribaga ega professional muhandislarni taklif qilamiz.

Shuningdek, hali katta tajribaga ega bo‘lmasa-da, elektronika, embedded systems, PCB/PCBA, mikroprotsessorlar va zamonaviy qurilmalar yaratishga jiddiy qiziqadigan, tez o‘rganishga va real loyihalarda ishlashga tayyor iqtidorli yoshlar uchun ham imkoniyat mavjud.

💡 Nega UNICON SOFT R&D?
Bu shunchaki ish joyi emas.
Bu — o‘z g‘oyangizni schematic’dan PCB’ga, PCB’dan tayyor prototipga, prototipdan esa real mahsulotga aylantirish imkoniyati.
MediaTek, Intel, Snapdragon kabi yetakchi texnologik platformalar asosida ishlash, professional laboratoriya uskunalaridan foydalanish hamda O‘zbekistonda yangi hardware mahsulotlarini yaratishda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🇺🇿 Maqsadimiz — O‘zbekistonda kuchli Hardware va Embedded Engineering maktabini shakllantirish hamda mahalliy yuqori texnologiyali mahsulotlarni yaratish.

Agar siz tayyor texnologiyalardan shunchaki foydalanishni emas, ular asosida yangi qurilmalar yaratishni istasangiz — jamoamizga qo‘shiling!

📩 Nomzodlar quyidagi forma orqali ariza qoldirishlari mumkin.
https://forms.gle/z1fBwGUJ8KgPFyq58

UNICON SOFT R&D — g‘oyadan real qurilmagacha.
  • ❤ 4
  • 👍 3
Post #1838 2.76K

Forwarded from O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali

#Seminar

⚡️"Mahalla yettiligi" faoliyatidagi muhim vazifalar belgilab olindi

🌍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasida mahalla raislarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar tashkil qilindi. Uyushma raisi Qahramon Qurоnboyev boshchiligida o'tkazilgan seminarda hududiy studiyalardan 8 992 nafar mahalla raisi masofaviy tarzda ishtirok etdi.

👥 Seminarda mahalla faoliyatini samarali tashkil etish, “Raqamli mahalla” platformasida migratsiya jarayonlarini hisobga olish va ma’lumotlarni o‘z vaqtida yangilash, mahalla raisi va mahalla bankiri hamkorligini kuchaytirish hamda ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

💬 O‘quv mashg‘ulotida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham hamda tartibli o‘tkazishda mahalla raisining vazifalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Aholi bilan manzilli ishlash, ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikning oldini olish, oilalarning moliyaviy barqarorligini asrash hamda milliy qadriyatlarni saqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida savol-javoblar o‘tkazildi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Older posts →

About this channel

How can I read @uniconsoft without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for UNICON SOFT: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does UNICON SOFT have?
UNICON SOFT (@uniconsoft) has 3.36K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does UNICON SOFT know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →