#Seminar
⚡️"Mahalla yettiligi" faoliyatidagi muhim vazifalar belgilab olindi
🌍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasida mahalla raislarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar tashkil qilindi. Uyushma raisi Qahramon Qurоnboyev boshchiligida o'tkazilgan seminarda hududiy studiyalardan 8 992 nafar mahalla raisi masofaviy tarzda ishtirok etdi.
👥 Seminarda mahalla faoliyatini samarali tashkil etish, “Raqamli mahalla” platformasida migratsiya jarayonlarini hisobga olish va ma’lumotlarni o‘z vaqtida yangilash, mahalla raisi va mahalla bankiri hamkorligini kuchaytirish hamda ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
💬 O‘quv mashg‘ulotida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham hamda tartibli o‘tkazishda mahalla raisining vazifalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Aholi bilan manzilli ishlash, ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikning oldini olish, oilalarning moliyaviy barqarorligini asrash hamda milliy qadriyatlarni saqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida savol-javoblar o‘tkazildi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Post #1838
2.77K
Forwarded from O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali









