TGViewer
UNICON SOFT UNICON SOFT @uniconsoft · 3.37K subscribers
Post #1860 1.31K
“UNICON-SOFT” kompaniyasi tomonidan hududlarning raqamli salohiyatini oshirish va “Elektron hukumat” axborot tizimi loyihasini hayotga tatbiq etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

📍Toshkent viloyatining Bekobod tumanida: tuman hokimligi va “UNICON-SOFT” MChJ mutasaddilari ishtirokida tumanda “Elektron hokimiyat” axborot tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hokimlikdagi ichki ish jarayonlarini raqamlashtirish, elektron hujjat aylanishini takomillashtirish, ijro intizomi va topshiriqlar nazoratini avtomatlashtirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda “Elektron hokimiyat” axborot tizimini amaliyotga tatbiq etish, mutaxassislarni o‘qitish va tegishli raqamli yechimlarni bosqichma-bosqich ishga tushirish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

📍 Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF–76-son Farmoni talablari asosida davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasidagi hujjat almashinuvi bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazilmoqda. Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi sog‘liqni saqlash tizimi rahbarlari uchun “UNICON-SOFT” MChJ mutasaddilari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etilib, raqamli tizimga o‘tish va "qog‘ozsiz ish yuritish" tamoyilini amalda qo‘llash ko‘nikmalari o‘rgatildi.

🌐LinkedIn | 📹 YouTube | 📱Instagram | 🕊Telegram
  • 👍 7
More from @uniconsoft
  1. Sep 25, 2026“Ikkinchi imkon” — mahkumlarga ishonch va ertangi kunga umid uyg‘otmoqda 🌐LinkedIn | 📹 Y…
  2. Sep 22, 2026Dasturchilarimiz nima deydi? 🌐LinkedIn | 📹 YouTube | 📱Instagram | 🕊Telegram
  3. Sep 18, 2026📢 Hurmatli lawyer.ijro.uz tizimi foydalanuvchilari! Tizimda barcha xodimlarning hujjatlar…
  4. Sep 18, 2026⏳ Tez orada “Raqamli mahalla” platformasida “Ogohlantirish” funksiyasi ishga tushiriladi.…
  5. Sep 16, 2026Dasturchilarimiz nima deydi? 🌐LinkedIn | 📹 YouTube | 📱Instagram | 🕊Telegram
  6. Sep 15, 2026👍 Hurmatli “E-huquqshunos” elektron tizimi foydalanuvchilari! 🔄 Tizimga tashkilot xodiml…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →