Hooked: How to Build Habit-Forming ProductsBu kitob odatga aylanadigan mahsulotlarni qanday ishlab chiqishni o'rgatadi. Uni nafaqat yangi mahsulot ishlab chiqishda, balki boshqa mahsulotlarga ortiqcha bog'lanishni oldini olishda ham qo'llash mumkin.
Buning uchun
Fogg Behavior Model'ni tushunish zarur. Bu modelga ko'ra, biror xatti-harakat yuz berishi uchun uchta omil bir vaqtda sodir bo'lishi kerak:
- Motivatsiya (Motivation)
- Qobiliyat (Ability)
- Turtki (Prompt)
Formulasi:
B = M × A × P
(B - xatti-harakat; M - motivatsiya; A - qobiliyat; P - turtki)
- - - - - - - -
Instagram misolida:Harakat: Instagram'ni ochib, skroll qilish.
Turtki: "Do'stingiz yangi surat joyladi" degan bildirishnoma.
Motivatsiya: Yangiliklardan xabardor bo'lish va ozgina chalg'ish istagi.
Qobiliyat: Juda oson - bitta tap bilan ochiladi.
Uchala omil bir vaqtda bo'lsa, siz Instagram'ni ochasiz va skroll qilasiz.
- - - - - - - -
Agar biror omil yetishmasa, nima bo'ladi?Turtki yo'q bo'lsa: Bildirishnoma kelmasa, esingizga tushmaydi va ochmaysiz.
Motivatsiya past bo'lsa: Band bo'lsangiz yoki qiziqishingiz yo'q bo'lsa, ochishni xohlamaysiz.
Qobiliyat (imkoniyat) yo'q bo'lsa: Internet bo'lmasa yoki telefon ishlamasa, ocholmaysiz.
- - - - - - - -
Odatdan qutulish uchun
kamida bitta omilni yo'q qilish kerak.
Turtki: Butunlay yo'qotish qiyin, do'stingiz link yuborishi yoki o'zingiz eslab qolishingiz mumkin.
Motivatsiya: Kuchli iroda bilan pasaytirish mumkin, ammo ko'pchilik uchun bu qiyin.
Qobiliyat: Eng samarali yo'l - Instagram ilovasini o'chirish yoki akkauntni yopish. Shu tarzda, bir omil yo'q qilinadi va odatning yo'qolishiga erishiladi.
Demak endi siz qanday qilib odatdan qutilishni bildingiz. Endi buni amalda qo'llash qoldi xolos.