Madaniy meros agentligi Oliy Majlis Qonunçilik Palatasida byudjet hisobotida xalq vakillarining örinli savollariga javob beriş örniga rasmiy munosabat beribdi. Partiya javob munosabati qilmaydi, albatta, lekin savollarimizga javob oliş uçun Parlament sörovi yoki eşituvi vakolatimizdan foydalanişga harakat qilib köramiz…
Betakror madaniy meroslarimiz hisoblangan Sarmişsoy, Şohizinda, Mizdahqan qal’a böyiça tanqid va takliflarimizni e’tiborsiz qoldirgan agentlik rassomning millatidan merosning millatini yasab mavzuni millatlararo taranglikka boğlaşga intilişi juda ajablanarli.Takror e’tiboringizni qarataman:1) Nega Sarmişsoydek noyob merosga milliardlab pul işlatilgan, lekin gektarlab oçiq muzey qarovsiz va taşlandiq?
2) Nega Şohizinda oğyapti, yonidan ötgan avtoyöl unga jiddiy zarar beryapti, ta’mirlaşga pul yöq, heç kim hokimiyatni sudga bermayapti?
3) Nega Buxoroda eng qadimiy Qur’on nusxasi arkning talabga javob bermas omboriga taşlab qöyilgan?
4) Nega Dovon davlatidek noyob merosimiz ostida joylaşgan yerlar dehqonçilikka berib yuborildi? U yerda qazilma işlari olib boriş kerak emasmidi? U yerni tagida buyuk davlatçiligimiz bilan boğliq, hatto Xitoyda rasman maktablarida öqitiladigan şonli merosimiz borku? Nega agentlik Hokimiyat bilan sudlaşmayapti?
Nega agentlik sovet davridagi merosga qilayotgan mehribonçiligini ming yillik milliy madaniyatimiz va merosimizga nisbatan qilmayapti? Önlab savollar bor, ötgan yildan beri javob olişga harakat qilyapmiz.
Biz örnini töldirib bölmaydigan madaniy merosimiz bir çekkada qolib ketib, bir rus rassomi, özbek adabiyotşunosi, ukrain arxitektori yoki biron boşqa qadrli ekanligiga şubxamiz bölmagan vatandoşimizni, kim bölişidan qat’iy nazar kvartirasini asraşga köproq e’tibor qaratilayotganiga e’tiroz bildiryapmiz. Yoki ayrim meroslarni asraş manfaatliroqmi?
Mutaxassis emasmiz, balki xato öylayotgandirmiz? Nega Parlamentda hisobot beriş uçun Hukumat keladi-yu Agentlik jöyali javoblar berolmasdan tarmoqlardan turib munosabat bildiradi?
Davlat rahbarini gapini şior qilib yozib oling, “Deputatga munosabat - xalqqa munosabatdir”. Xalqqa esa uning qadriyatlari va ming yillik merosini asraş uçun berayotgan pullarini qanday işlatilayotgani haqida hisobot kerak, provokatsion munosabatlaringiz emas. Bu deputat sifatida mening fikrim, partiya raisi sifatida Agentlik hisobotidan keyin Parlamentda söz olaman.
📹
Instagram 💬
Telegram 🔴
Facebook 🔥
Youtube@alisherQodir