TGViewer
Umar shares Umar shares @umar_shares · 707 subscribers
Post #595 816

Forwarded from Ulugbek Samigjonov | Blog

Hooked: How to Build Habit-Forming Products

Bu kitob odatga aylanadigan mahsulotlarni qanday ishlab chiqishni o'rgatadi. Uni nafaqat yangi mahsulot ishlab chiqishda, balki boshqa mahsulotlarga ortiqcha bog'lanishni oldini olishda ham qo'llash mumkin.

Buning uchun Fogg Behavior Model'ni tushunish zarur. Bu modelga ko'ra, biror xatti-harakat yuz berishi uchun uchta omil bir vaqtda sodir bo'lishi kerak:

- Motivatsiya (Motivation)
- Qobiliyat (Ability)
- Turtki (Prompt)

Formulasi: B = M × A × P
(B - xatti-harakat; M - motivatsiya; A - qobiliyat; P - turtki)

- - - - - - - -

Instagram misolida:

Harakat: Instagram'ni ochib, skroll qilish.

Turtki: "Do'stingiz yangi surat joyladi" degan bildirishnoma.

Motivatsiya: Yangiliklardan xabardor bo'lish va ozgina chalg'ish istagi.

Qobiliyat: Juda oson - bitta tap bilan ochiladi.

Uchala omil bir vaqtda bo'lsa, siz Instagram'ni ochasiz va skroll qilasiz.

- - - - - - - -

Agar biror omil yetishmasa, nima bo'ladi?

Turtki yo'q bo'lsa: Bildirishnoma kelmasa, esingizga tushmaydi va ochmaysiz.

Motivatsiya past bo'lsa: Band bo'lsangiz yoki qiziqishingiz yo'q bo'lsa, ochishni xohlamaysiz.

Qobiliyat (imkoniyat) yo'q bo'lsa: Internet bo'lmasa yoki telefon ishlamasa, ocholmaysiz.

- - - - - - - -

Odatdan qutulish uchun kamida bitta omilni yo'q qilish kerak.

Turtki: Butunlay yo'qotish qiyin, do'stingiz link yuborishi yoki o'zingiz eslab qolishingiz mumkin.

Motivatsiya: Kuchli iroda bilan pasaytirish mumkin, ammo ko'pchilik uchun bu qiyin.

Qobiliyat: Eng samarali yo'l - Instagram ilovasini o'chirish yoki akkauntni yopish. Shu tarzda, bir omil yo'q qilinadi va odatning yo'qolishiga erishiladi.

Demak endi siz qanday qilib odatdan qutilishni bildingiz. Endi buni amalda qo'llash qoldi xolos.
  • ⚡ 4
  • ❤ 1
  • 🔥 1
More from @umar_shares
  1. Oct 4, 2026Ilk tongimiz 🥲 Alhamdulillah
  2. Oct 3, 2026Bo’ldi ko’chib oldik Alhamdulillah. Yordamlashganlarga katta rahmat, kanalimizdan chiqdi k…
  3. Oct 3, 2026Biz ko’chishimizga 2 soatli ish qolgandi, 1 ta odam kerak yordamga. Hozirga, Yashnobod tum…
  4. Sep 30, 2026Choy mavsumiyam boshlandi 🫖
  5. Sep 29, 2026Kanallarimda yaxshi post yozsam ham odam chiqib ketadi, yomon post yozsam ham odam chiqib…
  6. Sep 29, 2026Mebellarni arzon joyi qayerda? Kim biladi? ;) Yotoqxona mebeli va stol stul olishimiz kera…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →