Yil boshida stol tennis biznesi haqida qiziqayotganimni bildirgan edim. Hozir shu biznesimiz yurayotganiga ham yarim yilcha bo'lyapti.
O'zim bu biznesdan chiqib ketganman. Akamga topshirganman hammasini.
Ochib, yurgazib yuborish qiziq bo'lgan edi.
Hozir o'z harajatlaridan tashqari o'rtacha 7-12 mln oralig'ida foyda qilishyapti.
Alhamdulillah.
Oson biznes emas ekan. Yuritish qiyin kechdi. Ammo, sekin astalik bilan rivojlanishda davom etyapti, inshaaAlloh.
Shunday biznes kimga qiziq bo'lsa, faqat o'zi ishlab yuritaman desa ochsa bo'ladi. Joy + soliqlar + ishchiga oylik bilan aytarlik foydaga chiqish qiyin. Chiqimlaringiz kam bo'lsa, o'rtacha foyda uchun yaxshi biznes deya olaman. Katta joy va qimmat stollar bilan esa yaxshi biznes darajasiga olib chiqsa bo’ladi.
Zal telegram kanali: @pingpong_dev
#business
Post #598
672
- 🔥 7
- 👍 1